Metodikalari kafedrasi
Tolib Yo‘ldosh “Uvol nima” she’ri
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Tolib Yo‘ldosh “Uvol nima” she’ri
Xalqimizning bir so‘zi bor: “Uvol” degan. Uvol demak-nobud qilma, Uvol!-demak. Non ushatsang ushoqlarin To‘kib, sochma. Ko‘rib turib nobudga hech Sen yo‘l ochma! “Uvol” haqida aytilayotgan she’r orqali o‘quvchilarga nafaqat oziq-ovqat mahsulotlariga, balki suvga, kiyim-kechakka ham aytilishi haqida bilim beriladi va asta-sekin ko‘nikmaga aylanib bola “uvol” haqidagi tushuncha va malakalarini o‘z hayotiy tajribasi davomida yanada boyitib boradi. O‘quvchilarni kichik maktab yoshidan boshlab atrofida nimalar sodir bo‘layotganligini ko‘ra bilish va unga o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatish, ehtiyot qilish kabi tejamkorlik, ko‘nikma va malakalari “uvol” tushunchasi orqali shakllantiriladi. Natijada bolaning oziq-ovqat mahsulotlariga, suvga, kiyim- 249 kechakka, uydagi har bir narsaga hurmati oshadi. Shuningdek, odob-axloq insonlar uchun buyuk bir fazilat ekanligi, qilayotgan ishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilishlari, har bir ishda odob bilan harakat qilinsagina bu albatta shodlik keltirishi haqida ma’lumotlar beriladi [1]. She’r, ertak, hikoyalarning kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ma’naviy shakllantirishdagi o‘rni va roli quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. She’r, ertak, hikoyalar o‘quvchilarga quyidagi insoniy fazilatlar haqida saboq berishda qo‘l keladi: a) Kamtarlik haqida. Bunda yurish-turish, kiyinish, odamlarga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lish haqida tushuntiriladi. b) Mehnatsevarlik haqida. Mehnatsevarlik insonnning butun hayoti va faoliyatida amalga oshadigan jarayon ekanligi, har bir harakat, har bir bosgan qadam mehnat tufayli ekanligi, odamlar birgalashib bir-birlariga yordamlashishlari, boshqalar to‘g‘risida qayg‘urganliklari, mehnatsevarlik bilan kasb-hunar egasi bo‘lish mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlar bildiriladi. s) To‘g‘rilik haqida. Bunda to‘g‘rilik bu ma’naviy boylik, tabiiy bir fazilat ekanligi, to‘g‘rilik inson qadrini yuksakka ko‘tarishi, to‘g‘ri odamga hamma ishonishi, to‘g‘rilik yaxshi xulqlarning posboni ekanligi, to‘g‘ri odamning yuzi hech qachon shuvut bo‘lmasligi to‘g‘risidagi tushunchalar singdiriladi. 2. So‘z qudrati haqida ma’lumot berishga ko‘maklashadi. Shirinsuxanlik inson fazilatining asosiy omillaridan biri ekanligi, uning aql- zakovat, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyati, saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada, so‘zda ifoda etilishi, yaxshi so‘z bilan kishilarning ishonchini egallashi, ularning qalbidan joy egallash mumkin ekanligi ochib beriladi. 3. Vatanparvarlik haqida ma’lumot berib o‘tiladi. Masalan: Inson uchun Vatandan yuksakroq boylik yo‘qligi, Vatan tuyg‘usi har kimning qoniga ona allasi, bolaligida eshitgan she’r, ertak, hikoya, qo‘shiqlar bilan kirishi, vatanparvarlik-bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash ekanligi haqida tushuncha beriladi. Yuqoridagi mulohazalar asosida kichik maktab yoshidagi bolalar uchun badiiy adabiyot tanlashda o‘qituvchilar quyidagi talablarga qat’iy rioya qilishlari lozim: a) She’r, hikoya, ertaklarning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga; b) o‘quvchilarga tushunarliligiga; v) qanday tuzilishga egaligiga; g) badiiy tiliga; d) yaratilish davriga; ye) o‘quvchilarning yoshi va ruhiy holatiga mos kelishi yoki kelmasligiga; yo) o‘quvchilar turmush tarziga muvofiqligiga; j) o‘quv dasturlariga muvofiqligiga va hokazolar. Xullas, she’r, ertak, hikoyalar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni har tomonlama shakllantirishda eng qulay usul bo‘lib, ular orqali bolalar o‘zlarining insonlar bilan, tevarak-atrof bilan muomala-munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qila oladilar. O‘quvchilar qofiyani juda yaxshi sezadilar, uni hech mubolag‘asiz qidiradilar, 250 ularga so‘zlarning o‘xshash jaranglashi yoqadi, ko‘pincha ma’nosidan emas, balki qofiyalarning chiroyli jaranglashidan xursand bo‘ladilar. Ularga yangi she’rlarni o‘qib bera turib, ularning o‘zlari ovoz chiqarib talaffuz qilish lozimligini sezishlari uchun oxirgi so‘zlarni tushirib qoldirish mumkin. Bunday she’riy o‘yinlar o‘quvchilarga zavq bag‘ishlaydi, ular o‘zlarini aqlli, fahm-farosatli, zehni o‘tkir deb his qiladilar va bu ular uchun juda muhim. Quyida berilgan she’rdagi ma’no to‘g‘ri bo‘lsa bolalar “to‘g‘ri”, agar ma’no noto‘g‘ri bo‘lsa “noto‘g‘ri” deb inkor etib borishlari lozim. Bu esa o‘quvchilarni diqqatli bo‘lishiga, so‘zlarning ma’nosini tezda bilib olishga o‘rgatadi, fikrlash qobilyatlarini o‘stiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling