Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Annotations. This article talks about the system of lifelong education, its role 
in the development of the country, issues of ensuring the continuity of lifelong 
education. Ideas about the development of concepts based on the experience of 
developed foreign countries serve to increase the content of the article. 
Key words: lifelong education, continuity, consistency, concept of science, 
scientific program, types of education. 
Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi hisoblanadi. 
2020- yilning 23-sentabrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 
qonuni tasdiqlandi. Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiyadan boshlab, umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim, kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning 
uzviyligini, mazmun jihatdan ketma-ketligini ta’minlashga alohida ahamiyat 
berilgan. Ta’lim dasturlarini mazmunan uzluksiz va uzviylik tamoyili asosida 
tayyorlashga erishilsa, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir 
qiladigan pedagogik tizimni joriy etish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimi sifatini ta’minlashda bir qancha muammoli masalalar 
mavjudligini ko‘rish mumkin. Jumladan:


255 
• Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish 
va fan dasturida berilgan mavzularni o‘zlashtirishda qiynaladi?
• Nega boshlang‘ich ta’limda yaxshi baholarga o‘qigan bola yuqori sinflarda 
o‘qishi pasayib ketadi?
• Nima uchun o‘quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira 
olmaydi? 
• Nega oliy ta’limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta 
olmaydi?
Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikning 
ta’minlanmaganligini ko‘rsatish mumkin. 
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi 
ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim, 
Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari o‘z ta’lim obyektlari 
bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga 
erishgan bo‘lsalar-da, ammo uzluksiz ta’lim tizimida uzviylik yetarlicha 
ta’minlanmay kelmoqda.
Oldimizda ta’lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta’lim 
tizimining me’yoriy hujjatlari, o‘quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish
ularning har bir fan bo‘yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish 
bo‘yicha ishlar hamda uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari asosida darsliklar 
mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. 
Prezidentimiz “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida 
takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni 
xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish 
zarurligi” 
hamda 
“Oliy 
ta’lim 
standartlari 
xorijiy 
tajriba 
asosida 
takomillashtirilishi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib 
chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 
barobarga qisqartirish” to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu 
topshiriqlar asosida har bir ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib 
chiqqan holda 2020-yilda ta’lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha 
kompleks “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Mazkur “Yo‘l xaritasi”da “Fan 
dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va 
uzviyligini ta’minlash hamda o‘quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo‘ladigan 
bilim va ko‘nikmalar darajasini aniq belgilash” vazifasi belgilangan.
O‘rganishlar natijasida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash borasida 
quyidagi muammolar aniqlangan: 
• mavzular takrorlanishi - uzluksiz ta’lim turlariaro bosqichlarida 
mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi; 
• ayrim mavzularga soat hajmining ko‘pligi - ta’lim bosqichlarida ayrim 
mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg‘ulotlarga ko‘p 
vaqt ajratilgan; 
• vaqtning besamar sarflanishi - takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga 
o‘qituvchi va o‘quvchining vaqti besamar sarflanishi; 
• uzviylikning yo‘qligi - uzluksiz ta’lim turlariaro fan xususiyatidan kelib 
chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud 


256 
va h.k. 
Muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir fan kesimida uzluksiz ta’lim 
tizimida fan rivojlanishi konsepsiyasini yaratish, ta’lim turlariaro mavzular 
takrorlanishining oldini olish, uzviyligini ta’minlash maqsadida mavzularni 
vertikal va gorizontal tarzda tahlil qilish, tahlillar natijasida uzviyligi ta’minlangan 
fan dasturlari tayyorlanishi ta’minlanishi kerak.
Kuzatishlar uzluksiz ta’lim tizimida barcha fanlardan uzviylik va 
uzluksizlikni ta’minlash muhim ekanligini anglatadi. Uzluksiz ta’lim tizimidagi 
nomutanosibliklar, uzluksizlik va uzviylikning ta’minlanmaganligi, ta’lim 
turlariaro mazmunni shakllantirishda izchillik va tizimlilikning mavjud emasligi 
ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi natijalarga erishish 
maqsad qilingan: 
- ta’limning har bir bosqichi yakunida XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan 
bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini shakllantirish; 
- maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy 
ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va soddalashtirilgan hamda uzviyligi ta’minlangan 
o‘quv dasturlari, darsliklar, raqamli resurslar yaratish; 
- o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS kabi) 
savollarining mazmun-mohiyatini singdirish, o‘quvchi, talabalar, o‘qituvchilar 
uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va darsliklar
metodikalarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga qarab takomillashtirib borish; 
- o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 
o‘quv dasturlari va o‘quv metodik majmualarni modernizatsiya qilish. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda jahon ta’lim tizimida ta’lim turlariaro 
uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy 
ta’lim tashkilotlarining tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. 
Yuqorida ko‘rsatilgan tahlillar hamda muammolarning bartaraf etilishi 
quyidagi natijalarni beradi: 
• uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining mazmun mohiyati, mavzularning 
mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlashda tayyorlanadigan me’yoriy 
hujjatlarda uzviylik ta’minlanadi; 
• konsepsiya - uzluksiz ta’lim tizimida fanlar kesimida konsepsiyalar ishlab 
chiqiladi. Bunda ta’lim turlariaro fanning mazmunan va mohiyatan uzluksizlik va 
uzviyligini ta’minlash asoslari yoritiladi; 
• qiyosiy jadval - fanlar kesimida barcha ta’lim turlarida o‘tiladigan mavzular 
bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinadi. Bunda mavzular takrorlanishi, nazariy 
mavzularning 
salmog‘i, 
nazorat 
materiallarining 
xorijiy 
tadqiqotlarga 
asoslanganligi, soddadan murakkabga tomon tamoyiliga asoslanganligi o‘rganiladi. 
Fan dasturlarini shakllantirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi
• fan dasturlari - uzluksiz ta’lim turlarining har bir bosqichida o‘tiladigan 
mashg‘ulotlarning uzviylashgan fan dasturlari ishlab chiqiladi. Fan dasturlarini 
ishlab chiqishda uzviylik, uzluksizlik mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va 
tizimlilikka e’tibor beriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling