Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
STesting – bu o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS,
PIRLS) doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim bo‘lib, videoqo‘llanmalar, turli xalqaro nashrlar hamda test-topshiriqlarni o‘z ichiga olgan innovatsion platformadir. Ushbu platformada 1449 ta test-topshiriqlari, 103 ta videokurslar, 40 ta kimyo va biologiya fanlaridan malaka oshirish media kurslari o‘rin olgan. Shulardan, PISA xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blok va 489 ta savollar bo‘lsa, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotiga oid esa 8 ta fanga tegishli 583 ta nazorat savollar joy olgan va PIRLS xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blokdan iborat 377 ta 34 savollar platformaga joylashtirilgan. STesting elektron platformasi statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak 2022 yilning fevral-iyul oylari davomida, yurtimizdagi 7750 dan ortiq maktablar ushbu elektron plaftformadan ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, ularda 2 500 000 dan ortiq maktab o‘quvchilarimiz test-topshiriqlarni bajarib kelmoqdalar. Ushbu bajarilgan test- topshiriqlar 12 nafar malakali pedagog-mutaxassislar tomonidan o‘zbek va rus tillarida tekshirilib baholanmoqda. Hozirda 2 000 000 dan ortiq test-topshiriqlar tekshirilib baholandi. Ushbu raqamlar ortida, O‘zbekistonning milliy ta’lim tizimini rivojlantirish, jozibadorligini oshirish, o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan milliy baholash tizimini yaratish maqsadlari ilgari surilgan. Zamonaviy maktablar o‘quvchilarga doim rivojlanish va o‘sishga, o‘zgarib turadigan olamda o‘z o‘rnini topish va rivojlantirishga yordam berishi kerak. PISA tadqiqotining eng muhim kashfiyotlaridan biri shuki, ta’lim tizimlari o‘zgarishi va yaxshilanishi mumkin ekan. O‘tmishda ko‘rgazmali ta’limga amal qilinardi, kelgusidagi ta’lim ko‘proq loyihalash va faoliyatga asoslanishi kerak. Buning negizida o‘quvchilarga fanlar chegarasidan tashqarida fikrlashga ko‘mak beradigan tajribani shakllantirish yotadi. O‘tmishda hamma bir xilda o‘qitilardi, kelgusida esa maktablar xilma- xillikni, ta’limga differensial yondashuvni rag‘batlantirilishi lozim. Tabiiy ilmiy savodxonlik – inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili sanaladi. O‘quvchilarda tabiiy savodxonlikni rivojlantirishda tabiiy hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim omildir. Respublikamizdagi 15-16 yoshli maktab o‘quvchilarning STesting elektron plaftormasida bajargan PISA tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha test- topshiriqlarning natijalarini ilmiy tahlilini taqdim etmoqchiman. PISA tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha 6 oy muddatda respublikadagi 7750 maktablarda STesting elektron platformasida 1 000 000 nafar o‘quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni baholash ishlari olib borildi. Natijalariga ko‘ra, mamlakatimizdagi umumiy baholash natijalari 12% ni tashkil qildi. Ushbu natija PISA o‘qish savodxonlik natijalariga (8,8%) qaraganda nisbatan yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlarida PISA tabiiy-ilmiy savodxonligi natijalari: Toshkent shahri maktab o‘quvchilari PISA tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha qayd etgan natijalarni mamlakatimizning boshqa viloyat va tuman maktab o‘quvchilariga o‘rnak bo‘ladigan natija deb aytib bo‘lmaydi. Shahar bo‘yicha ushbu savodxonlik yo‘nalishida umumiy baholash natijalari 7,2% ni tashkil etadi xolos. Yashnobod, Yunusobod, Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari 10% dan Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling