Metodikalari kafedrasi
% gacha baholash natijalarini qayd etgan bo‘lsa qolgan 7 ta tuman maktab o‘quvchilari PISA tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha hattoki 10%
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
13% gacha baholash natijalarini qayd etgan bo‘lsa qolgan 7 ta tuman maktab
o‘quvchilari PISA tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha hattoki 10% baholash natijasiga ham erisha olmaganlar. Toshkent shahri o‘quvchilari berilgan muammoni ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash, berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini taklif etish, o‘rganilayotgan muammoni aniqlashda muammolarga duch 35 kelganlar. Fan o‘qituvchilariga o‘z o‘quvchilari bilan ko‘proq xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlarni bajarish va ushbu tadqiqot savollarini farqlash hamda topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchilar o‘z bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni o‘tishlarini tavsiya etamiz. Namangan viloyatida PISA xalqaro baholash dasturlariga tayyorgalik darajasi ortib bormoqda. Buni platformaning statistikasidan olingan raqamlardan ham ko‘rish mumkin. Viloyat bo‘yicha umumiy baholash natijalari 15,5% bo‘lib, respublikadagi qayd etilgan yaxshi natijalardan biri hisoblanadi. Viloyat maktab o‘quvchilari topshiriqlarni o‘qib, uning ichidan kerakli ma’lumotni topa olish, mazkur ma’lumotlardan foydalana olish, ular haqida mulohaza yuritish va ma’lumotlar asosida xulosa chiqara olish kompetensiyalarini shakllantirishlari lozim. Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha Sirdaryo viloyati 27,2% baholash natijasi bilan eng yaxshi natijaniqayd etgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati 5,6% baholash natijasi bilan uning aksini ko‘rsatgan. Tumanlar bo‘yicha Boyovut 34,8% baholash natijasi bilan respublikadagi eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa, Oltiariq va Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanlari 1% natija bilan eng quyi natijani qayd etdilar. Navoiy viloyati tumanlarida PISA tabiiy-ilmiy savodxonligi natijalari: Navbatdagi tahlillarimizni Navoiy tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchilari ko‘rsatgan tabiiy-ilmiy savodxonlik natijalari bilan davom ettiramiz. Viloyatning umumiy baholash natijalari 10% ni ham tashkil qilmagan. Uchquduq va Konimex tumanlarining maktab o‘quvchilari 13% baholash natijalari bilan nisbatan yaxshi natija ko‘rsatgan bo‘lsalar, viloyatning qolgan barcha tumanlari natijalarini 10% ga ham yetib bormagan. Savollar darsliklarda berilgan ma’lumotlarga mos kelishini hisobga olsak, o‘quvchi bilimlarni eslash hamda egallagan bilimidan foydalanish ko‘nikmasini yaxshi rivojlantira olmaganliklarini bilish mumkin. PISA tadqiqotining tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha umumiy baholash natijalari 12% ni tashkil etdi. Ushbu natijani xalqaro 1000 balli shkala bo‘yicha solishtirilsa, 120 ballni tashkil etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling