Metodikalari kafedrasi
“Uzluksiz taʼlim sifatini oshirish: taʼlim muhiti, taʼlim mazmuni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
“Uzluksiz taʼlim sifatini oshirish: taʼlim muhiti, taʼlim mazmuni,
metodologiyasi va baholash” mavzusida o‘tkazilayotgan konferensiyaning vazifalari: - o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini taʼminlash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni, ularning o‘ziga xosliklari va qoʼllanilish sohalarini aniqlashtirish; - tinglovchilarda modulli-kredit tizimi, xorij tajribalaridan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; - tinglovchilarda zamonaviy taʼlim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy taʼlim texnologiyalaridan samarali foydalanish layoqatlarini rivojlantirish. Taraqqiyotni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy yangiliklar inson bilimlarining barcha sohalarini qamrab oladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va boshqaruv, texnik va texnologik o‘sish davrida yuzaga kelgan ehtiyojlarni qondirish usullaridan biri sifatida pedagogik yangiliklar yuzaga keldi. 4 Аynan, Innovattsion faoliyat – uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O‘qituvchi innovattsion faoliyati xususiyatlarini oʼrganib chiqqan pedagog olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovattsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin: - Ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; - Pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; - Mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; - Tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; - O‘zidan boshqa tadqiqotchi – pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish; - Hamkasblar bilan hamkorlik; - Fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik; - Ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - Yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni istagan har bir pedagog innovattsion faoliyat bilan shug‘ullanishi zarurdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling