Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

SOʻZ BOSHI 
Barchamizga yaxshi maʼlumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti 
hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va 
maʼnaviy salohiyatiga bogʼliq. Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimi davlat 
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralayotgani dunyo 
eʼtiborini jalb etmoqda. 2020 yil 6 noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida taʼlim tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni o‘z tasdig‘ini 
topgan. Farmonda keltirilgan qator vazifalar jumlasidan mamlakat taraqqiyoti 
uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga 
oshirishga qodir intellektual va maʼnaviy salohiyatli pedagoglar avlodini 
tayyorlash masalasi ham ko‘tarildi. Shuningdek barcha fanlardan yangi Milliy 
o‘quv dasturlarni yaratish, yangi avlod darsliklari va o‘qituvchilar uchun metodik 
qo‘llanmalarning yagona maketlarini yaratish vazifalari ham belgilandi. Bu ayni 
damda juda dolzarb mavzu hisoblanadi. 
Bugungi kunda axborot xajmi juda katta tezlikda ortib bormoqda. Shunday 
ekan, shu oddiy haqiqat bilan hisoblashmog‘imiz lozim. Davr bilan hamqadam 
bo‘lish, dunyo miqyosidagi keskin raqobat muhitida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
raqobatbardosh taʼlim tizimini yuzaga keltirishda pedagog xodimlarning 
innovattsion faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.
“Uzluksiz taʼlim sifatini oshirish: taʼlim muhiti, taʼlim mazmuni, 
metodologiyasi va baholash” mavzusida o‘tkazilayotgan konferensiyaning 
maqsadi: pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs 
tinglovchilarini o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini taʼminlash 
borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, zamonaviy taʼlim va 
innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar: modullikredit tizimi, 
differentsial, integrativ, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik 
metodlarni o‘zlashtirish, joriy etish, taʼlim amaliyotida qo‘llash va yaratish 
ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling