Metodikalari kafedrasi


BADIIY ADABIYOT-MUHIM TARBIYA VOSITASI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

BADIIY ADABIYOT-MUHIM TARBIYA VOSITASI
Abduvohidova Zuxra Abdulbakiyevna, 
Zomin tumani XTB qarashli 1-umumta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi,
Xudoyberdiyeva Madina Abdulbakiyevna,
JDPU II-bosqich magistranti 
Annotatsiya. Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya 
berishda badiiy adabiyotning amaliy ahamiyati, imkoniyatlari, bolalarni ma’naviy 
jihatdan shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, bolalarni kichik yoshdan boshlab 
atrofida nimalar sodir bo‘layotganligini ko‘ra bilish va unga o‘z munosabatini 
bildirishga o‘rgatish kabi masalalar yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: janr, latifa, Afandi obrazi, uvol, savob, kamtarlik, to‘g‘rilik, 
so‘z qudrati

Аннотация. В статье раскрываются практическое значение и 
возможности художественной литературы в воспитании детей младшего 
школьного возраста, ее роль в духовном становлении детей, а также 
выделены в воспитании детей с раннего возраста видеть то, что 
происходит вокруг них, и выражать свои мысли реакция на него. 
Ключевые слова: жанр, анекдот, образ Aфанди, гордость, заслуга, 
скромность, правильность, сила слова. 
Annotation. The article reveals the practical significance and possibilities of 
fiction in the upbringing of children of primary school age, its role in the spiritual 
development of children, and also highlighted in the upbringing of children from 
an early age to see what is happening around them and express their thoughts 
reaction to it. 


248 
Keywords: genre, anecdote, image of Afandi, pride, merit, modesty, 
correctness, power of words. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar doimiy o‘tkazilgan darslar orqali ertakni 
hikoyadan, she’rni topishmoqdan, maqolni tez aytishdan farqlay oladilar. Bunda 
har bir janrning o‘ziga xos muhim belgilari yordam beradi. Masalan, ertakning 
“Bor ekanda, yo‘q ekan” deb boshlanishi, hikoyada qandaydir voqea-hodisaning 
keltirilishi, she’rning yoddan o‘qilishi, maqolda pand-nasihat berilishi, latifada 
Afandi obrazi orqali hajv qilinishi o‘quvchilar ongiga singib qoladi va shu orqali 
ular bu janrlar namunalarini o‘zaro oson farqlay oladilar.
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda adabiyotlarni tanlash va ulardan 
foydalanish o‘ziga xos mas’uliyat kasb etadi. Badiiy adabiyot orqali kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarni ma’naviy shakllantirish ularda Vatan oldidagi burchni 
tushunishda, go‘zallikni his qila olishda, xunuk narsalardan jirkanib, yomonlik va 
yovuzlikdan nafratlanishda, tabiat, moddiy borliq haqidagi dastlabki tasavvurlarni 
singdirishda xizmat qiladi.
Badiiy adabiyot nafaqat o‘quvchilarning badiiy fikrlash tafakkurini o‘stiradi, 
balki ularning hisob, hajm-o‘lchov shakllari, o‘simliklar olami, hayvonot olami
tasviriy faoliyat, musiqa va hokazolarga oid dastlabki bilimlarini shakllantirishda 
ham yordam beradi. Demak, birgina she’r, ertak, hikoyalarda bir necha fanga oid 
ma’lumot uyg‘unlashib keladi. Natijada, o‘quvchilar olamning serqirraligi, 
bepoyonligi haqida tasavvurga kela boshlaydilar.
She’r, ertak, hikoyalar o‘quvchilardan insonlarga, tevarak atrofga, tabiatga 
nisbatan e’tiborli va sahovatli bo‘lishni talab etadi. Chunki she’r, ertak, hikoyalar 
o‘quvchilarga u yoki bu narsa, hodisaning, insonlarning, hayvonlarning 
xususiyatlari, eng muhim belgilari haqida, ularning ijtimoiy vazifalari to‘g‘risida 
bilim berish imkoniga ega bo‘lgani uchun yuksak tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Masalan: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling