Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Key words: Modern lesson, intellectual education, Perfect generation,
history, didactics, Rebus, game technology, Blitz game. Hozirgi globallashuv sharoitida ta’lim jarayoni o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish, unda komillik va zamonga xos malakali mutaxassis sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi aksilratsion jarayonda o‘quvchilarni qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan taminlash, ular tomonidan fan asoslarini chuqur o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni davr taqozo etmoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashda turli xil ta’lim metodlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘qish jarayoniga tatbiq etish o‘qituvchilarning uslubiy tayyorgarligini mukammal bo‘lishiga olib keladi. Yangi pedagogik texnologiyalarga amal qilish qilish o‘qituvchidan o‘zining ixtisosligi bo‘yicha keng miqyosda bilimlarga ega bo‘lishini, shu bilimlarini o‘qish jarayonida tatbiq qilishni talab etadi. Zamonaviy dars talablariga mos ravishda xilma-xil dars turlaridan sinov, suhbat, seminar, test, bahs-munozara dars usullaridan o‘rinli foydalanishlari zarur[7]. An’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi [1.3]. Hozirgi paytga kelib ta’lim muassasalarida xususan, maktablarda o‘qitishning turli metod va usullarida foydalanish o‘zining samarali jihatlarini namoyon etmoqda. Shu o‘rinda dastlab didaktik o‘yin turlari haqida tushunchaga ega bo‘lib olishimiz lozim. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. O‘qituvchi-didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar o‘tkazishda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya etishi talab etiladi: 1. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar dasturida qayd qilingan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi; 2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin davomida hal qilinishi; 3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillari va sharqona odob-ahloq normalariga mos kelishi; 4. O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 5. Mashg‘ulotlar vaqtida tarixiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishish lozim [3]. Maktablarda tarix fanini o‘rgatish va o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqishni uyg‘otish va aqliy salohiyatini shakllantirish hamda ularda ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishda intellektual o‘yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [2]. Intellektual o‘yinlar pedagogik o‘yinlarning faoliyat mohiyatiga ko‘ra turiga 80 kiradi. O‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan o‘yin texnologiyalari didaktik o‘yinlar, syujetli o‘yinlar, rolli o‘yinlar, ishbilarmonlik o‘yinlari, imitatsion o‘yinlar, dramatik o‘yinlar kabi guruhlarga bo‘linadi [5.60]. O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi [4]. O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari (o‘yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo‘naltirilgan shartli o‘quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri [5. 58]. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling