Metodikalari kafedrasi
“Tushunchalar tahlili” metodi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodning maqsadi.
- Metodning qo‘llanilishi
- Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar
- Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.
“Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning mohiyati. Ushbu metod o‘tilgan (chorak, semestr, yoki o‘quv yili tugagach) o‘quv predmeti yoki bo‘limning barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biror mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izoh berishga, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan. Metodning maqsadi. O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholash, yakka va guruhda ishlash, guruhdoshlari fikrini hurmat qilishga va o‘z bilimlarini tizimga solishga o‘rgatadi. Metodning qo‘llanilishi. O‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida, darsning boshlanishida, dars oxirida, bir bo‘lim tugaganda o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun, o‘quvchilarni joriy va oraliq, yakuniy baholash uchun ishlatiladi. Yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning mavjud bilimlarini tekshirib olishga mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulotning ayrim bosqichlarida yakka, kichik guruhda yoki jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Shuningdek uyga vazifa sifatida ham foydalanish mumkin. Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. Tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam, ruchka, slayd. Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos ravishda tayyorlangan tarqatma materiallar guruh o‘quvchilari yoki guruhlar soniga qarab mo‘ljallanishi kerak. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi. o‘quvchilar guruhlarga ajaratiladi. o‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi. 78 tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi. o‘quvchilar yakka tartibda tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishib, ularning izohini yozadilar. belgilangan vaqt tugagach, o‘qituvchi tarqatma materialda berilgan tushunchalarni o‘qiydi,ishtirokchilar javoblarini eshitadi va ekranda slayd orqali to‘g‘ri javobni e’lon qilib boradi. har bir o‘quvchi o‘z javobi bilan to‘g‘ri javob o‘rtasidagi farqlarni aniqlaydi, to‘g‘ri javoblarini belgilaydi, o‘z –o‘zini tekshiradi, baholaydi. Xulosa qilib aytganda zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanib yangi bilimlarni berish, ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo‘llash mashg‘ulotlarida, hamda o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol metodlarni to‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi. To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling