Metodikalari kafedrasi


O‘yin bilish va uning bir qismi kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

O‘yin bilish va uning bir qismi kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat 
tarzida tashkil etiladi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular 
didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda 
qo‘llanadi. O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy 
faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta‘lim malaka va 
ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga 
qaratilgan bo‘ladi. O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, 
shuningdek, o‘yin elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan 
o‘qituvchi tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining 
qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi [5. 59]. 
Intellektual o‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, 
muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni 
shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, 
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida ko‘p 
holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o‘yinlardan foydalaniladi. 
Muhimi pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinli texnologiyalarining asosini 
talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi [5. 59]. 
Tarix darslarida intellektual o‘yinlardan zakovat, to‘g‘ri top, blits o‘yin, 
bellashuv, rebus, krossvordlar foydalanish ham o‘yinli texnologiyalarga sirasiga 
kiradi. Rebus so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, so‘zlar orqali emas, balki rasmlar 
orqali ifodalash ma‘nosini anglatadi. Bu - biror so‘z yoki atamaning rasmlar, 
notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir. Rebus 
– keng tarqalgan va eng mashxur o‘yinlar sirasiga kiradi. U orqali manba, tarixiy 
voqea parchasi, biror iborani yoki so‘zni berkitish mumkin. Undan ilk bor 
Fransiyada XV asrda qo‘llanilgan. Eng birinchi rebuslar to‘plami Etenom Taburo 
tomonidan Fransiyada 1582-yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, 
Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar illyustrasiya jurnalida 1845 yili 
chop etilgan.
 


81 
Ta’lim jarayonida o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida 
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchlarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati 
orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchlarning ta’lim olish faoliyati o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
- o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi; 
- o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – 
muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; 
- shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon 
yaratiladi; 
- hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va 
mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; 
- o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; 
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
- insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor 
qaratiladi; 
- o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
O‘qituvchi-pedagog avval o‘quvchilarni individual-yakka tartibdagi, so‘ngra 
guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan 
so‘ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchlar 
didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida 
hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim [6]. 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tarix darslarida intellektual o‘yinlardan 
foydalanish natijasida yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o‘qitish 
jarayonida bilim oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatining samarali shakl va 
uslublarini joriy etish, ularning mustaqil, ijodiy ishlarini samarali tashkil qilish 
jarayoni amalga oshadi. Tarix ta’limida aqliy o‘yinlar o‘quvchilarda tizimli va 
strategik fikrlashga o‘rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi, eng muhimi, 
bolalar ichki harakat rejasini (IPA yoki oddiyroq aytganda, ongda harakat qilish) 
yaratishni o‘rganadilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling