Metodologiyasi
История исторического знания. С. 10—11
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1
История исторического знания. С. 10—11. 2 Tarixiy xotiraga berilgan ta’riflardan biri aynan o ‘tmish haqidagi ma’lumotlarning afsonalar va rivoyatlar ko'rinishida avloddan-avlodga o ‘tib borishi, deb ko'rsatiladi. Tarixiy xotira masalasi bilan XX asrda fransuz tadqiqotchilari Moris Xalbvaks va Pyer Noralar shug‘ullanganlar. 3 История исторического знания. С. 215. iborat deb tushunish ilmiy haqiqatga to‘la mos kelmaydi. Tarixiy ong ana shu voqealar, jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda bu bog‘liqlikning hozirgi tarix va kelajak tarixga ta’sirini ham aks ettiradi. Shu nuqtayi nazardan tarixning tub burilish pallalarida, ayniqsa millat, xalqning mustaqillik, istiqlolga erishgan davrlarida tarixiy ongning yangilangan mazmun-mohiyatini anglash va uni shu davr talablari asosida tarbiyalash ehtiyojlari oshadi. Tarixiy ong moddiy va ma’naviy madaniyat, ularning taraqqi- yot qonunlarini, jum ladan ma’naviy merosimizning vorislik, ta rixiy davomiylik qonunini aks ettiruvchi ong shakllaridan biridir. Tarixiy ongning nazariy darajasi tarixiy taraqqiyotning eng umumiy va xususiy qonuniyatlarini, jumladan madaniy, ma’naviy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini, xalqimizning o‘tmish, hozirgi tarixga taalluqli ilmiy tushunchalar, kategoriyalar bilan tarixiy vo- qea, hodisa, jarayonlarning dialektik aloqadorliklarini aks ettiradi. Tarixiy ong — o‘tm ish haqidagi xotira va ayni vaqtda unga bo‘lgan qiziqishni anglatadi. Ayni vaqtda o‘tmishga bo‘lgan mu- nosabatning o‘zi va unga taalluqli bo‘lgan turli-tum an axborot- larning o‘zlashtirilishi tarixiy ong va tarixni tushunishning turli talqinlari mavjudligini ko‘rsatadi. Ularni bir-biridan farqlashning ikki omili mavjud: — o‘tmishga bo‘lgan munosabatdagi miqdoriy va emotsional mutanosibliklikning turlichaligi; — alohida tarixiy dalillar asosida tiklangan tarixiy tasavvur- ning haqqoniyligi darajasi1. Tarix eng avvalo jamiyatning o‘zligini anglash va identifikat- siyalash omilidir. Tarix turli shakllarda, ya’ni afsonalar, rivoyatlar tarzida namoyon bo‘lsada, hamma vaqt mavjud bo‘lgan. Qadimgi Rim tarixshunosligida tarixiy xotira va tarixiy bilish «Historia magistra vitae» — tarix hayot murabbiyi, ibrat xazinasi kabi tushunchalar bilan izohlangan edi2. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling