Metodologiyasi


 ‘zbekistonda tarix fani rivojlanishining


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

0 ‘zbekistonda tarix fani rivojlanishining 
tarixiy yo‘li haqida
Tarix fani asrlar davomida qo‘lyozma asarlarda ifodalan- 
gan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxs- 
lar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyan-tari- 
xiy kontekstda tarixiy hayot yo‘lining shakllanishi, bosqichlari va 
umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va 
nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo‘lni bosib o‘tdi.
0 ‘zbekistonning eng qadimgi tarixi haqida moddiy madaniyat 
yodgorliklari va arxeologik topilmalar m a’lumot beradi. Miloddan 
avvalgi birinchi ming yillikka oid yozma manbalar, zardush- 
tiylarning muqaddas «Avesto» kitobida, axmoniylar davriga oid 
Behustun, Naqshi Rustam qoyatoshlaridagi bitiklarida, Turon va 
M ovarounnahrning tabiati, xalqlari haqida ma’lumotlar keltiril- 
gan. 0 ‘zbekistonning qadimgi tarixi haqida Gerodot, Ksenofont, 
Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, 
arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda ma’lumot­
larni uchratish mumkin. Asrlar davomida 0 ‘zbekistonning si-


yosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayoti tarixi haqidagi ma’lu­
motlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, geograflar tomonidan 
yozilgan asarlar haqida, xonlar, podshohlar va boshqa hukmdor- 
lar ko‘rsatmasiga binoan yozilgan rasmiy hujjatlarda manbalar 
shaklida jam lana bordi.
Xalqimizning qadim tarixga ega ekanligi haqida so‘z yuritar 
ekan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I .A. Karimov 
quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:
— 
«Hozir 0 ‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning 
Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshik- 
laridan biri bolganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy 
va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, oli- 
mu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy 
va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, 
sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab 
suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qot- 
magan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqon- 
chilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsoz- 
lik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi»1.
0 ‘rta asrlar tarixnavisligida sulolaviy tarixga bag‘ishlangan 
Bayhaqiyning «Tarixi Bayhaqiy», Nasaviyning «Siyrat as-Sulton 
Jalol ad-D in Mankburni», Nizomiddin Shomiyning «Zafarno- 
ma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Fazlulloh ibn 
Ro‘zbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Hofiz Tanish Buxoriy- 
ning «Abdullanoma», M uhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi 
Muqimxoniy», Muhammad Am in Buxoriyning «Ubaydullano- 
ma» kabi asarlari yaratildi.
Ya’qubiyning «Kitob al-buldon» («Mamlakatlar haqida kitob»), 
Tabariyning «Tarixi Tabariy», Beruniyning «Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar», ma’lum bir hudud tarixiga oid — mintaqa- 
viy uslubdagi Narshaxiyning «Tarixi Buxoro», Nasafiyning «Kitob 
al-qand fi tarixi Samarqand» («Samarqand tarixi haqida qand-

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling