Metodologiyasi
XXI asrda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 0 ‘zMU. 2008. 43-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 XXI asrda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 0 ‘zMU. 2008. 43-b.
18 si masalalari bu fanda asosiy o‘rin tutadi, biroq bu bilan aso siy e’tibor shunga qaratilishi m um kin emas, balki nazariy bi- limlar tarixiy tadqiqotlar amaliyoti bilan mukammallashtirilishi lozim. Bunday tarixiy tadqiqotlar faylasuflar tomonidan amalga oshirilmaydi, shuning uchun ularning tarix fani metodologiyasi borasida bildirgan flkrlari ko‘p hollarda bahs va munozaraga sa- bab boladi, aksariyat hollarda esa tarixchi-amaliyotchilar ular ning fikrlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri inkor qiladilar. Tarix fani metodologiyasi tarixiy jarayonning mohiyatini bi lish maqsadida to‘plangan ma’lumotlarni tizimlashtirish, talqin qilish, o‘tmish to‘g‘risidagi bilim larni o‘zlashtirish vositalari va mezonlarini ishlab chiqish demakdir. Tarix fani metodologiya- siga yagona qarash mavjud emas. Chunki, tarixiy taraqqiyot ja- rayoniga, jamiyat va tabiatga qarashlarning turlichaligi tarix fani metodologiyasining ham turlicha talqin qilinishiga olib keladi. Tarix fani metodologiyasi kursini o‘qish davomida tarixiy bi- limlar nazariyasi haqidagi turli fikrlar o‘rganiladi, ularning tarixiy bilimlarga xos bolgan ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qara- tiladi. Bunda tarixchilarning falsafiy bilimlarni hamda tadqiqot- larning falsafiy yondashuvlarining mohiyatini ham chuqur egal- laganliklari muhim ahamiyatga ega, ayni vaqtda faylasuflarning ham tarixiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini chuqur bilishlari muhimdir. Shu holda har ikki fan sohalari vakillari nazariy bi- limlarning mukammallashuviga erishishlari mumkin. Bu esa ta rixiy tadqiqotlarning nazariy ahamiyati ortishiga olib keladi. Tarix fani metodologiyasini o‘rganish jarayonida XIX asr ning ikkinchi yarmidan boshlab yirik faylasuf olimlarning ta rix fanining nazariy asoslari to‘g‘risida bildirgan fikr-mulohazala- ri va bugungi kungacha turli darajada amalda bolgan qarashlari — pozitivizm, neokantchilik, strukturalizm, postmodernizm kabi bir qator yo'nalishlarning tarix fani tadqiqotlariga ta’siri masala- lariga alohida to‘xtalib oliladi. Tarix fani metodologiyasi shakllanishi jarayonida bir qancha bosqichlarni bosib o'tgan. «Klassik» metodologiya. Bunda tarixiy voqelik obyektlarini o‘rganish, o‘tmish haqidagi dalillarni tiklash, tarixiy tadqiqot ja rayonida tadqiqotchining o‘rnini yo‘q qilish yoki sezdirmagan holda tarixiy haqiqatni izlashga asosiy e’tibor qaratildi. «Klassik bolm agan» (noklassik) metodologiya avvalgi tari xiy tadqiqot nazariyasi yondashuvlari izchilligidan voz kechgan holda, tarixiy bilimlarning qiyosiyligiga asoslanadi, tarixni esa «tarixchi ongining in ’ikosi» (tarixchi tomonidan voqeliklar va tarixiy jarayonlarning ketma-ketlikda tuzib chiqilgan holati) si fatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Strukturalizm (tizimlilik, o‘z- aro bog‘liqlik, sistemalilik)da tarix ijtimoiy-madaniy maydonda insonlar tarixini siqib qo'ydi va birinchi o‘ringa turli tizimlar (strukturalar) qo‘yildi. «Postnoklassik» metodologiya bilish subyektining qarashlari- dan kelib chiqqan holdagi qadriyatlarga, intellektual ijod jarayon larini (til shakllari, matnlar) o'rganishga asosiy e’tibor qaratadi. Shu tariqa postmodernistlar tadqiqot obyektini subyektdan, dalil larni uydirmadan alohida ajratmaydilar va obyektiv haqiqatga eri- shishni shubha ostiga qo‘yadilar. Yuqoridagi qarashlarning alohida xususiyati shundaki, ular bugungi kun tarix tadqiqotlarida ham amalda mavjud bo‘lib, tur li darajada qo‘llaniladi. Zamonaviy tarix faniga XIX asrning oxiri — XX asr boshlari da asos solindi. Metodologiya bo‘yicha dastlabki ishlar asrlar che- garasida paydo boidi. Shu vaqtda shakllangan dastlabki asosiy qarashlar tarixiy tadqiqotlar metodlarini qollash borasidagi tav- siyalardan iborat bo‘ldi. Klassik pozitivizm tushunchasi Sh.Langlua va Sh.Senyo- bosaning «Tarixni o‘rganishga kirish» asarida ko‘rsatib berildi. Pozitivistlar tarixni «pozitiv» bilimga aylantirishga harakat qil dilar. Bu tushunchaning mohiyati shundaki, pozitivistlar hamma haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun .uning kera- gi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. Ular tarixiy dalillar bilan qanday ishlash, manbalarni tahlil qilish bo'yicha bir qancha metodlarni taklif qildilar. Nemis tarixchilari va neokantchilari W indelband va G.Rik- kertlar «pozitiv tarix» g‘oyasiga qarshi chiqib, tarixni jamiyatning rivojlanib boruvchi qonuniyatlari asosida emas, balki, alohida va takrorlanmas holatlar, ko‘rinishlar asosida o‘rganishni tarixchi ning oldiga vazifa qilib qo‘ydilar. Bu vaqtda Germaniya va boshqa bir qator davlatlarda yuqoridagi har ikki qarashlarni tanqid qilib chiqqan va tarixni o‘rganishda ma terialistic yondashuvni ilgari surgan, keyinchalik, XX asr oxirlariga kelib esa o‘z ahamiyatini yo‘qotgan marksistik yo‘nalish shakllandi. XX asr boshlaridan Rossiya tarixchilari ham tarix fani meto dologiyasi borasidagi bahslarga qo‘shildilar. 1913-yilda N.I.Ka- reyev o‘zining «История. Теория исторического познания» kitobini nashr qildi. Bu kitobda muallif pozitivistlar qarashlari- ni ma’qullagan. Neokantchilik yo‘nalishini ma’qullab yozilgan nashrlardan biri A.Lappo-Danilevskiy qalamiga mansub bo‘lib, uning ikki qismdan iborat «Методология истории» nomli asari 1910 va 1913-yillarda nashr etilgan. Rus tarixshunoslari ham ta rix fani metodologiyasini yevropalik tarixchilar nuqtayi nazarla- ridan yondashgan holda talqin qilganlar. XX asrning 30-yillarida bu sohaga bag‘ishlangan bir qa tor ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri R.Kollingvudning «Идея истории» nomli («Tarix g‘oyasi») kitobi bolib, 1946-yil- da, muallifning vafotidan so‘ng chop etilgan. Dastlab unchalik e’tiborni tortmagan bu asar keyinroq tarix fani metodologiya si sohasida asosiy adabiyotlardan biriga aylandi va bir necha bor qayta nashr etildi. Mazkur kitobda antik davrlardan boshlab tarix borasidagi fikrlar sharhlab berilgan1. Tarix fani metodologiyasi sohasida chop etilgan kitoblardan ya- na biri «Annallar maktabi»ning asoschisi M.Blokning «Апология истории или ремесло историка» («Tarixning madhi yoki ta- Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling