Metodologiyasi


Karimov I .A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: «Sharq». 1998. 3—4-bb


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Karimov I .A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: «Sharq». 1998. 3—4-bb.
27


dek kitob») kabi nodir qo‘lyozma manbalarda 0 ‘rta Osiyo mam- 
lakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ular­
ning turmush tarzi va mashg‘ulotlari, karvon yollari, urushlar, 
g‘alayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotiga doir turli ma’lu­
motlar bayon etilgan.
0 ‘rta asrlar tarixshunosligida Am ir Temur va temuriylar 
davri tarixi, ayniqsa, mufassal yoritilgan. 0 ‘sha davr tarixiga 
oid yaratilgan «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiyning «Za- 
farnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Abduraz­
zoq Samarqandiyning «Matla’ us sa’dayn va majma’ ul-bahrayn» 
(«Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo‘shilish 
o‘rni»), Mirxondning «Ravzat us-safo» asarlarida Amir Temur va 
temuriylar saltanatining tashkil topishi, ichki va tashqi siyosati
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid muhim 
ma’lumotlar keltirilgan.
0 ‘rta asrlarda davlat ishlari, boshqaruv tizimi haqida m a’lu­
mot beruvchi Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilig», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», 
Xondamirning «Dastur al-vuzaro», M uhammad Boqirxonning 
«Muvazayi Jahongiriy» asarlari yaratildi.
0 ‘rta Osiyoda 3 ta mustaqil davlat — Buxoro, Xiva va Qo‘qon 
xonliklarining vujudga kelishi bilan, XVII—XIX asrlarda maz- 
kur davlatlar tarixiga bag‘ishlab alohida-alohida asarlar yaratildi. 
0 ‘ziga xos uslub va an’analarga ega bo‘lgan tarixnavislik mak- 
tablari shakllandi. Buxoro va Xiva xonliklari tarixi Abulg‘ozi 
Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima», M u­
ham m ad A m in Buxoriy, M uhamm ad Sharif, Mirzo Shams Bu- 
xoriy, Munis, Ogahiy, Bayoniy asarlarida keng yoritilgan.
M uhammad Solih Toshkandiy, Muhammad Hakim, Avaz 
M uhammad Attor, Niyoz Muhammad Ho‘qandiy, Mulla Olim 
Maxdumxoji asarlarida Qo‘qon xonligining tarixi bayon etildi. 
Rossiya imperiyasi tomonidan 0 ‘rta Osiyo xonliklarining bosib 
olinishi arafasidagi voqealar, janglar tafsilotlari, Rossiya imperi- 
yasining mustamlakachilik siyosati, XIX asrning ikkinchi yarmi


- XX asr boshlarida Ahm ad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy 
Bo‘stoniy, Mirzo Salimbeklarning Buxoro tarixiga oid asarlari- 
da keltiriladi. Ushbu asarlarda o‘rta asr tarixnavisligi an’analari- 
ga ko‘ra, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayot, tashqi alo- 
qalarga oid ma’lumotlar garchi muayyan bir tartibda berilmagan 
bo‘lsa-da, jamiyat hayotining turli yo'nalishlari bo‘yicha qimmat­
li ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Shu o‘rinda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning yana bir fikri tarixchilarimiz oldida turgan mu­
him vazifalardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etadi:
«Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi 
toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazi- 
nasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mu- 
jassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tib- 
biyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, 
dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy 
boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan 
xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada ja- 
honning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mum­
kin, deb dadil ayta olaman.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy 
tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam et- 
gan bu nodir qolyozm alarni jiddiy o‘rganish davri keldi»1.
0 ‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya mustamlakasiga aylantiri- 
lishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari tarix sohasida­
gi ilmiy tadqiqotlar ko‘lami va mavzusiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 
Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan 0 ‘rta Osiyo, jumladan, 
0 ‘zbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati o‘zining bir yoq- 
lamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga mo‘ljallan- 
ganligi bilan ajralib turadi2.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling