1
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV
nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
METROLOGIYA ASOSLARI
Amaliy mashg‟ulotlar
USLUBIY KO’RSATMALAR
2019
2
Raxmanov A.T., Miralieva A.K., “Metrologiya asoslari”, amaliy
mashg’ulotlar bo`yicha uslubiy qo’rsatmalar. – T.: ToshDTU, 2019. 101 bet.
Ushbu uslubiy qo‟rsatmalar “Metrologiya asoslari” fanining nazariy qismiga
bag‟ishlangan bo‟lib, unda barcha metrologiya bo‟limlarga oid nazariy ma‟lumotlar,
masala yechish usullari, namunalari va mustaqil
yechish uchun masalalar, ularni
yechishda foydalaniladigan matematik ifoda va formulalar berilgan. O‟lchovlarning
Xalqaro tizimi, o‟lchash
natijalarning xatoligi, birgalikda va majmuiy o‟lchash
xatoliklari, ularni aniqlashning extimollik asoslari, tasodifiy xatoliklar va o‟lchash
xatoliklarini
qayta ishlash, o‟lchash xatoliklarini baholash va o‟lchash qurilmalari
xatoliklarini normallashtirish usullari va boshqa muammolarga katta e‟tibor
qaratilgan. O‟lchashlarning sonli xarakteristikalarini
extimollik nuqtai nazaridan
aniqlash va baholash maqsadida tasodifiy jarayonlar nazariyasi kiritilgan. Shu
munosabat bilan qo‟llanmaga tasodifiy jarayonlar bilan bog‟liq bo‟lgan masala,
misollar va ularni yechish namunalari ham kiritilgan. Masalalarning kengaytirilgan
echimlari tushuntirishlar asosida amalga oshirilgan,
shuningdek, qo‟llanmada
integral funksiyaning normal taqsimoti, uning qiymatlari va hisoblash formulalari,
St‟yudent taqsimoti funksiyasining qiymatlari va kvantil taqsimot qo‟llanilish
chegaralari, extimolliklari va o‟lchashlar soniga bog‟lanishi keltirilgan.
Ushbu uslubiy ko‟rsatmalar 5310900- “Metrologiya,
standartlashtirish va
mahsulot sifati menejmenti (sanoat) “ yo‟nalishi 2 kurs bakalavr talabalari uchun
amaliy mashg‟ulotlarni bajarish uchun mo‟ljallangan.
Taqrizchilar: