Metrologiya asoslari


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana11.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1698307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
13- Amaliy mashg’ulot. O`lchash xatoliklarning normal taqsimlanish qonuni
Masalalar echish (2 soat)………………………………………………………….66 
14- Amaliy mashg’ulot. O`lchash xatoliklarning taqsimlanish qonunlari.
Masalalar echish (2 soat)……….…………………………………………………71 



15- Amaliy mashg’ulot. Bilvosita o‟lchash natijalarining xatoligini baholash.
O‟lchanayotgan kattalik va o`lchash natijalarining funksional boglanishi 
(2soat)……………………………………………………………………………..75 
16- Amaliy mashg’ulot. O‟lchanayotgan kattalik va o`lchash natijalarining 
funksional boglanishi Masalalar echish (2 soat)………………………………….80 
17- Amaliy mashg’ulot. O‟lchash vositalari xatoliklarini normallashtirish
usullari  (2soat)…………………………………………………………………...87 
18-Amaliy mashg’ulot O‟lchash vositalarining aniqlik sinfining metrologik 
asoslari (2 soat)…………………………………………………………………....91 
Ilovalar……………………………………………………………………….......97 
Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………........101 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Metrologiyaning bilish nazariyasida muhim o‟rin tutishining ta‟qidlagan 
holda, uni o‟rganishdan maqsad – bu talabalarda turli soxalardagi ishlab chiqarish, 
nazorat va boshqaruv, iste‟mol tovarlarining savdosi, ilmiy tekshirish ishlarida 
o‟lchashlarni olib borish, mahsulot sifati va uni boshqarish tizimini joriy qilish 
bilan chambarchas bog‟liq bo‟lgan turli metrologik masalalarni hal qilish uchun 
zarur bo‟lgan bilim va ko‟nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. O‟lchashlarni olib 
borish asosida modda va materiallarning tuzilishi va ularning sifat ko‟rsatkichlari, 
ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi, qazilma boyliklarni qidirib topish va 
ulardan samarali foydalanish, ekologiya tizimining rivojlanishi, atom tuzilishi va 
energetikasi hamda boshqa soxalarda aniq ma‟lumotlar olish mumkin. 
Insonlarning yashash tarzi va jamiyat formasiyalarining rivojlanishi natijasida turli 
xil antropometrik o‟lchash birliklari paydo bo‟lgan. Jumladan qarich, quloch, 
qadam, tirsak, chaqirim va fut shunday o‟lchov birliklaridir. 
Bu o‟lchov birliklari bilan bir qatorda tabiiy sharoitlar bilan bog‟liq bo‟lgan 
o‟lchov birliklari ham ishlatila boshlangan, jumladan, qimmatbaho toshlar va 
kristallarning massa o‟lchovi sifatida karat va grandan foydalanilgan. Astronomik 
kuzatishlardan kelib chiqqan holda Erning o‟z o‟qi atrofida aylanishidan vaqt 
o‟lchov birligi sifatida foydalanilgan. 
Ma‟lumki, 
har 
qanday 
o‟lchashlarning 
eng 
asosiy 
metrologik 
xarakteristikalaridan biri – bu ularning aniqligi yoki xatoligidir. Metrologiyaning 
bosh masalalaridan biri o‟lchash xatoliklarini maksimal kamaytirish usullarini 
ishlab chiqish va ularni matematik statistik taqsimot qonunlari bilan asoslashdan 
iboratdir, zeroki, bunda yuqorida ta‟kidlab o‟tilgan fikr mulohazalar o‟z isbotini 
topadi. 
Texnik sohasida esa o‟lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni 
boshqarish, zarur parametrlarini o‟lchash va taxlil qilish, mahsulotning yuqori 
sifatliligini ta‟minlash, ob‟ektni boshqarish, nazorat qilish bo‟yicha informasiya 
hosil qilinishi bilan belgilanadi. 



Hozirgi 
kunda 
o‟lchash 
jarayonlarini 
avtomatlashtirilishi, 
kom‟pyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat 
programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin. Zamonaviy 
metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik metodlarini, ehtimollik 
nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini qo‟llanilishi katta o‟rin 
tutmoqdaki, bu metrologiyaning ilmiy asoslarini tashkil etadi. 
Bir necha muxandislik va metrologik masalalarni yechishda tasodifiy 
jarayonlarni eng oddiy elementar funksiyalar orqali ifodalash qulay bo‟ladi. 
Chunki har qanday o‟lchash vositasi va o‟zgartkichining statik xarakteristikasi har 
qancha murakkab bo‟lishidan qat‟iy nazar oddiy elementar funksiyaga 
yaqinlashtiriladi.
O‟lchash qurilmalarining xatoligi yoki xatolik intervali ham o‟lchash 
natijalarini qayta ishlash va statistik taqsimot qonunlar asosida aniqlanadi, 
jumladan, o‟lchash natijalarining statistik funksiyalar orqali bog‟lanishi kabi 
masalalarni hal qilish bilan tasodifiy jarayonlarning o‟lchash aniqligiga ta‟siri 
kamaytiriladi. 
Shu nuqtai nazardan ushbu o‟quv uslubiy qo‟llanma metrologiyaning nazariy 
asoslariga bag‟ishlangan bo‟lib, uning barcha bo‟limlari amaliy masala variantlari 
bilan ta‟minlangan, ularning yechish usullari, matematik ifodalari va masalalarni 
yechish namunalari ko‟rsatilgan. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling