Мева кўчатзори
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
27 4-AMALIY MAShG‘ULOTI. Mavzu: sitrus o‘simliklarini o‘g‘itlash tizimi. Mashg‘ulot maqsadi: sitrus o‘simliklar yetishtirishda turli xil o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish bilan talabalarni tanishtirish va ularga amaliy ko‘nikmalar berish. Kimyoviy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, o‘simliklarda D.I.Mendeleev davriy sistemasi elementlarining kamida yarmi bor. O‘simliklar quruq moddasida uglerod hissasi – 45%, kislorod – 42% va vodorod – 7%. Shuningdek, o‘simliklar tarkibiga azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir ham kiradi. Aytib o‘tilgan yettita asosiy elementdan tashqari o‘simliklarga kam miqdorda bor, molibden, mis, marganes, rux va boshqa bir qator elementlar zarur. Har bir oziq elementi o‘simlikda ma’lum fiziologik vazifani bajaradi, uni boshqa element bilan ajratib bo‘lmaydi. Ulardan birontasining yetishmasligi o‘simliklar hayt faoliyatining buzilishiga va hosildorligining pasayishiga olib keladi. Ma’lumki, tuproqda o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan oziq moddalarining o‘zlashtiriladigan shakllarga o‘tish jarayoni uzluksiz kechadi. Sitrus o‘simliklarning bir yillik novdalari, mevalari, barglari va boshqa a’zolari oziq moddalarni olib chiqib ketishi tuproqni keskin kuchsizlantiradi, 20-26 yillik hosildor bog‘ gektariga 12-15 tonnadan hosil bersa, tuproqdan yiliga o‘rta hisobda 86.5 kg azot, 26 kg fosfor, 85.5 kg kaliy olib chiqishi aniqlangan. Tabiiyki, mevazor bog‘ning hosildorligini yuqori darajada va barqaror saqlab qolish uchun tuproqdan olib chiqilgan oziq elementlarining o‘rnini o‘z vaqtida to‘ldirishi zarur. Madaniy (mineral) va mahalliy (organik) o‘g‘itlar mevali o‘simliklar hosildorligini oshirishning samarali usullaridan biridir. O‘g‘it solishda tuproq unumdorligi, mevali o‘simlikning biologik xususiyatlari, ekologik sharoitlar, mintaqada dehqonchilik harakteri, o‘simliklarning yoshi va ahvoli hamda ekin ekish tartibi hisobga olinishi lozim. Quyidagi sitrus o‘simliklar turlarini berilgan maydonda yetishtirish uchun talab qilinadigan o‘g‘itlarni hisoblab chiqing: 1. Hosil bermaydigan urug‘li bog‘ – 120 ga; 2. Hosil beradigan urug‘li bog‘ – 75 ga; 4. Limon – 15 ga; 5. Apelsin – 10 ga; 6. Mandarin – 45 ga; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling