Мева кўчатзори
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 23 II. AMALIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI 1- AMALIY MAShG‘ULOTI. Mavzu: Subtropik ekinlarining morfo-biologik tuzilishi.
4. Payvandlash usullari
Sanoat asosidagi sitruschilikda bir yillik urug‘ko‘chatlarga ѐzning ikkinchi yarmida kurtak payvand qilish ѐki bahorda qalamcha payvand qilish asosiy ko‘paytirish usuli hisoblanadi. Ko‘pgina sitrus yetishtiruvchi mamlakatlarda trifoliata, bigaradiya, nordon mandarin va nordon greypfrut eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Ammo O‘zbekistonning ishqorli tuproqlarida bu payvandtaglarning ayrimlari yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun respublikamizda Meyer limoni asosiy payvandtag hisoblanadi. Shirin apelsin, nordon mandarin va nordon greypfrut ham payvandtag sifatida istiqbolga egadir. Yer sharining barcha mamlakatlari qishloq xo‘jaligi amaliѐtida keng qo‘llaniladigan asosiy payvandlash usullarini bilmasdan turib, sitrus bog‘dorchiligini muvaffaqiyatli rivojlantirib bo‘lmaydi. Quyida eng ko‘p tarqalgan payvandlash usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz. Nazorat uchun savollar: 1. Urug‘lik payvandtag deganda nimani tushunasiz ? 2. Payvandtag olish uchun urug‘larni ekish muddatlarini ayting ? 3. Urug‘larni ekish normasi va chuqurligi qanday bo‘ladi ? СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 23 II. AMALIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI 1- AMALIY MAShG‘ULOTI. Mavzu: Subtropik ekinlarining morfo-biologik tuzilishi. Mashg‘ulot maqsadi: Subtropik o‘simliklar tropik va mo‘tadil iqlim mintaqalari o‘simliklaridan farqlanuvchi o‘ziga xos tipga ega. Tropik va subtropik doim yashil o‘simliklar ikki xil tipdagi madaniy o‘simliklardir. Tropiklarda, yuqorida ham ta’kidlaganimizdek, termik mavsumiylik mavjud emas. Bu yerlarda o‘simliklarda muntazam ravishda yangi novdalarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Agar tropik doim yashil o‘simliklarda tinim davri kuzatilsa, bu o‘simlikning ichki sabablari ѐki qurg‘oqchilik va quruq davrning boshlanganligidan yuzaga kelgan bo‘ladi. Subtropik o‘simliklarda esa sovuq, ya’ni subtropik qish davriga to‘g‘ri keluvchi va termik mavsumiylikka bog‘liq bo‘lgan muqarrar tinim davri kuzatiladi. Subtropik o‘simliklar tinim holatida subtropik iqlim mintaqalarida kuzatiladigan qisqa muddatli va yuqori bo‘lmagan sovuqlarni betalofat o‘tkaza oladi. Agar subtropik o‘simliklarda mana shu “tinim davri” bo‘lmaganda edi, subtropiklar deb ataluvchi o‘simliklar olami ham bo‘lmas edi, chunki o‘saѐtgan holatida subtropik o‘simliklar sovuqqa chidamliligi bo‘yicha tropik o‘simliklardan umuman farqlanmaydi. Subtropik o‘simliklarda “qishki” tinim davri havoning harorati “haѐtiy” noldan pasayganda yuzaga keladi. Mandarin, dafna va yelpig‘ichsimon palma uchun “haѐtiy” nol +100S, limon uchun +90S, tunga uchun +120S va xurmo palmasi uchun +180S hisoblanadi. Harorat mazkur darajadan pasayganda o‘simliklar gullamaydi. Tropik iqlimda apelsin mevalari daraxtida qoplovchi rangi o‘zgarmagan holda yashil rangda uzoq vaqt (bir yilgacha va undan ko‘proq) osilib turadi. Xurmo palmasini seylonda yetishtirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyat keltirmadi, eng sovuq davrda harorat +120S gacha pasayadigan Shimoliy Iroqda esa xurmo palmasi mo‘l hosil tugadi. Tropiklarda zaytun, limon va choy tuplari yaxshi hosil bermaydi. Sheddok va laym esa nam tropik iqlim sharoitlariga moslashib olgan. Bularning barchasi subtropik doim yashil o‘simliklarda ѐzgi tanaffusga bog‘liq bo‘lmagan holda qishki sovuq davrga to‘g‘ri keluvchi tinim davriga talabchanligini ko‘rsatadi. Download 439.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling