Мева кўчатзори
Payvandtaglarni yetishtirish
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
2. Payvandtaglarni yetishtirish
Таянч иборала: уруғлик, уруғ кўчат, маҳаллий ва минерал ўғитлар, мева экинлари турига, навига қараб намликка муносабати, усуллари, қурғоқчиликка чидамли, униб чиқиши, чуқурлиги. СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 21 Urug‘ olish uchun tayѐrlangan mevalar (Meyer limoni, shirin apelsin, nordon greypfrut va boshqalar) to‘liq pishgan holatida yengil chiriy boshlaguncha yashiklarda ѐki kichikroq uyumlarda saqlanadi. Bunda uyumlarda mevalarning kuchli qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. So‘ngra mevalar maydalanib, urug‘lar mezgadan ajratiladi. Olingan urug‘lar suvda yuviladi. Suv yuzasiga qalqib chiqqan urug‘lar olib tashlanadi, cho‘kkanlari esa olinib, 1 -2 kun mobaynida soyada quritiladi. Nihollarning qiyg‘os unib chiqishi uchun yangi tayѐrlangan urug‘lar darhol tuproqqa ekiladi. Agar urug‘larni bahorda ekish rejalashtirilgan bo‘lsa, ular nam substratga (qum, taxta qirindisi, perlit va h.k) stratifikatsiya qilinadi. Bunda bir qism urug‘ga uch-to‘rt qism substrat sarflanadi. So‘ngi yillarda urug‘larni polietilen xaltachalarda sovutkichlarda +5+7 0S haroratda saqlash keng qo‘llanilmoqda. Urug‘lar tuproq sathidan 15-20 sm balandlikda tashkil etilgan 1 m kenglik va 15-20 m uzunlikdagi pushtalarda 20 sm masofada olingan ko‘ndalang egatchalarga 2-3 sm chuqurlikka ekiladi. Katta maydonlarda ikki qatorli ekish amalga oshiriladi. Bunda qatorlar oralig‘i 70-80 sm, qo‘sh qator oralig‘i 25 sm, qatordagi o‘simlik oralig‘i 2-3 sm. Urug‘larni parniklarga ѐki substratli yashiklarga ham sepish mumkin, bunday hollarda keyinchalik nihollar pikirovka qilinadi. Qo‘lda pikirovka qilish ko‘p mehnat va ishchi kuchi talab etsada, juda yaxshi natija beradi. Pikirovka qilingan nihollar va ularning tuprog‘ini o‘z vaqtida sifatli parvarishlab turish o‘simliklar ildizining yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Mazkur ishlar o‘z vaqtida bajarilganda bir o‘suv davri mobaynida madaniy apelsin, limon, mandarin va boshqa ekin navlarini payvand qilishga yaroqli bir yillik urug‘ko‘chatlarni (payvandtaglarni) yetishtirish mumkin. Download 439.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling