СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
24
3. O‘simliklar hayotini ta’min qilishning qaysi omillari
biologik va ekologik
belgilarini belgilaydi?
4. Hozirgi vaqtda rezavor meva o‘simliklarining botanik tasnifga ko‘ra
xossalari soni?
2- AMALIY MAShG‘ULOTI
Mavzu: Subtropik o‘simliklardan anjir va anorni asosiy standart navlarini
tavsifi va biologiyasi
Mashg‘ulot maqsadi: mevali o‘simliklarning asosiy turlari, ularning biologik
va xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganish. Bu esa mevachilik fanining keyingi
muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
V-5411000 “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” bakalavriyat ta’lim
yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Mashg‘ulot mazmuni: 1. Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning botanik
va ishlab chiqarish guruhlanishi bilan tanishish.
2. Eng muhim mevali o‘simlik turlarining lotincha nomlanishi to‘g‘ri
yozish
va talaffuz qilishni o‘zlashtirish.
Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar
Mevali o‘simliklar turlari mevalarining morfologik o‘xshashligi, o‘stirish
sharoitlariga talabi, mevalarining oziq-ovqatlik va texnologik qiymmati va boshqa
ko‘rsatkichlari bo‘yicha muayyan xo‘jalik-biologik guruhlarga bo‘linadi. Mevali
o‘simliklar asosan quyidagi biologik-xo‘jalik guruhlarga bo‘linadi:
1. Subtropik mevalar. Ushbu guruh zaytun, feyxoa, anjir, xurmo, anor,
chilonjiyda, mushmula, avokado kabi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Ular -10-15
0
S
dan past sovuqqa chiday olmaydi. Mevalari ko‘p miqdorda qand, moy,
organik
kislotalar va boshqa inson organizmi uchun zarur moddalarga ega.
Butalar: anor, chakanda, jiyda, pista va boshqalar. Ularda kuchsiz ifodalangan
bitta yoki bir nechta tana shakllanadi, umri daraxtlarnikidan qisqaroq, hosilga erta
kiradi.
Mevali o‘simliklar shuningdek sovuqqa chidamliligi, qurg‘oqchilikkaa
chidamliligi, ko‘payish usuli,
mevalarining pishish davri, tezpisharligi, yorug‘lik
va tuproq namligiga talabi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham guruhlanadi.
Mevali o‘simliklardan muntazam yuqori hosil olish
uchun faqatgina alohida
turning emas, balki navning ham ishlab chiqarish va biologik tavsifini bilish zarur,
bu esa navni to‘g‘ri tanlash, uning tuproq-iqlim sharoitlariga talabchanligini
hisobga olish imkonini beradi.
Sanoat bog‘lari faqatgina rayonlashtirilgan standart
navlar asosida barpo
etiladi.