Мева кўчатзори


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

Kerakli anjomlar: Mevalar kolleksiyasi,gerbariylar, qalam, chizg‘ich. 
Adabiyotlar:4,5,8. 
 
Nazorat savollari: 
1. Madaniy mevali o‘simlik kelib chiqishning N.I.Vavilov fikriga ko‘ra asosiy 
botanik - geografik markazlari? 
2. Nima uchun bir xil navning o‘zini turli tuproq-iqlimiy sharoitli 
mintaqalarda yetishtirish mumkin emas? 


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 
24 
3. O‘simliklar hayotini ta’min qilishning qaysi omillari biologik va ekologik 
belgilarini belgilaydi? 
4. Hozirgi vaqtda rezavor meva o‘simliklarining botanik tasnifga ko‘ra 
xossalari soni? 
2- AMALIY MAShG‘ULOTI 
Mavzu: Subtropik o‘simliklardan anjir va anorni asosiy standart navlarini 
tavsifi va biologiyasi 
 
Mashg‘ulot maqsadi: mevali o‘simliklarning asosiy turlari, ularning biologik 
va xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganish. Bu esa mevachilik fanining keyingi 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. 
V-5411000 “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” bakalavriyat ta’lim 
yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. 
Mashg‘ulot mazmuni: 1. Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning botanik 
va ishlab chiqarish guruhlanishi bilan tanishish. 
2. Eng muhim mevali o‘simlik turlarining lotincha nomlanishi to‘g‘ri yozish 
va talaffuz qilishni o‘zlashtirish. 
 
Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar 
Mevali o‘simliklar turlari mevalarining morfologik o‘xshashligi, o‘stirish 
sharoitlariga talabi, mevalarining oziq-ovqatlik va texnologik qiymmati va boshqa 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha muayyan xo‘jalik-biologik guruhlarga bo‘linadi. Mevali 
o‘simliklar asosan quyidagi biologik-xo‘jalik guruhlarga bo‘linadi: 
1. Subtropik mevalar. Ushbu guruh zaytun, feyxoa, anjir, xurmo, anor, 
chilonjiyda, mushmula, avokado kabi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Ular -10-15
0

dan past sovuqqa chiday olmaydi. Mevalari ko‘p miqdorda qand, moy, organik 
kislotalar va boshqa inson organizmi uchun zarur moddalarga ega.
Butalar: anor, chakanda, jiyda, pista va boshqalar. Ularda kuchsiz ifodalangan 
bitta yoki bir nechta tana shakllanadi, umri daraxtlarnikidan qisqaroq, hosilga erta 
kiradi. 
Mevali o‘simliklar shuningdek sovuqqa chidamliligi, qurg‘oqchilikkaa 
chidamliligi, ko‘payish usuli, mevalarining pishish davri, tezpisharligi, yorug‘lik 
va tuproq namligiga talabi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham guruhlanadi. 
Mevali o‘simliklardan muntazam yuqori hosil olish uchun faqatgina alohida 
turning emas, balki navning ham ishlab chiqarish va biologik tavsifini bilish zarur, 
bu esa navni to‘g‘ri tanlash, uning tuproq-iqlim sharoitlariga talabchanligini 
hisobga olish imkonini beradi. 
Sanoat bog‘lari faqatgina rayonlashtirilgan standart navlar asosida barpo 
etiladi. 



Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling