СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
20
tomon o‘sadi. Har ikkala turdagi kurtaklarning vujudga kelishi, shakillanishi va
yashash davridagi tashqi sharoit-temperatura, namlik, yorug‘lik, organik va oziq
moddalarning kurtaklarga kelib turishi va hokozolar ham bir xil bo‘lmaydi.
Shuning uchun ulrdan paydo bo‘ladigan o‘simliklar han bir-biridan farq qiladi.
Meva o‘simliklarini ko‘paytirish uchun vegetativ orgonlarni tanlash qanchalik
muhim ekanligini ana shundan ham bilish mumkin.
Urug‘ ko‘chatda to‘qimalarning poya va ildiz bo‘ylab hosil berishga
tayyorgarligi har xil bo‘lganidan vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan ko‘chatlarda
han nav xususiyatlari biror tomonga o‘zgarishi mumkin, chunki payvand qilish
uchun olingan qalamcha mazkur o‘simlikning turli qismidan olinganligi bunga
sabab bo‘ladi.
Nazorat savollari:
1. Anorning qanday navlarini bilasiz?
2 Chilonjidani qanday navlarini bilasiz?
3. Morfologik parallelizmni ta’riflang?
4. Mavzu. sitrus o‘simliklarni yashil qalamchalaridan ko‘paytirish
texnologiyasi
Reja:
1.
Yaxshilangan qalamcha payvand
2.
Payvandtaglarni yetishtirish
3.
Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish
4.
Payvandlash usullari
1. Yaxshilangan qalamcha payvand.
Yaxshilangan qalamcha payvand (tilchali qalamcha payvand) oddiy qalamcha
payvanddan maxsus tilchalar hosil qilinishi bilan farq qiladi. Bunda payvandust
qalamchada tilcha, payvandtagda esa o‘yiqcha kesib hosil qilinadi. Payvand
koponentlari bir-biriga biriktirilganda tilcha o‘yiqchaga tushishi, shuningdek
yuqoridagi kabi po‘stloqlar ham o‘zaro mos kelishi lozim. Bu usulda ham, agar
qalamchalar har xil qalinlikda bo‘lsa, ularning po‘stlog‘i hech bo‘lmaganda bir
tomonlama mos kelishi lozim. Shundan so‘ng ulangan joyga bog‘ surtmasi
surilgan holda mahkam bog‘lab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |