Мева кўчатзори
Meva o‘simliklarining individual rivojlanishi
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
- Urug‘ ko‘chatlar
3. Meva o‘simliklarining individual rivojlanishi Meva osimliklarning individual rivojlanishi, ya’ni ontogeniz ularning urug‘i unib chiqqanidan boshlab, to o‘simlik butunlay qurib qolgunch o‘tadigan davirni o‘z ichiga oladi. Ontogenezda asosan bir-biri bilan bevosita munosabatda bo‘lgan o‘sish, rivojlanish, qarish va yosharish prosesslari boradi. O‘sish-o‘simlikda ayrim elementlarning yangidan hosil bo‘lish prosessi; bunda yangi xujayralar, organlar va boshqalar hosil bo‘ladi; bu prosessda o‘simlikning hajmi yoki massasi ortadi. Rivojlanish-zigotalar (ikkita jinsiy xujayraning qo‘shilishi) yoki vegetative boshlang‘ich murtak xujayralarning izchillik bilan bo‘linishi natijasida ma’lum shakilda kiradigan prosess; bular o‘simlikda maxsus hujayra va orgonlar hosil qilishga xizmat qiladi. Qarish-o‘simliklarning barcha funksiyalari susayib brogan holda qaytmas yoki qisman qaytar o‘zgarishlarga uchrashi, bu o‘zgarishlar tufayli o‘simliklarning xujayralari, organlari va butun tanasi chirib, oxiti nobud bo‘ladi. Colette Bond, Stella Cubison, Julie Tant. Fruit Growing.Manual. USA 2010. r 14. СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 17 O‘simlikda qarish bilan bir vaqitda yosharish, ya’ni ayrim xujayra, to‘qima, organlar va butun organizmning yashash qobilyati vaqtincha oshishi prosesi ham kechadi. Bu korrelyasiya prosesslari (daraxtlarni kallaklash va hokozo) yoki tashqi muhit sharoiti ta’sirida sodir bo‘ladi. Meva o‘simliklari kelib chiqishiga ko‘ra 3 guruppaga: urug‘ ko‘chat, payvandlangan va vegetative yo‘l bilan, ya’ni payvand qilinmasdan (o‘z ildizidan) ko‘paytirilgan ko‘chatlarga bo‘linadi. Urug‘ ko‘chatlar urug‘dan ekib o‘stirilgan va butun hayot sikli davomida o‘z ildizlari bilan o‘sadigan o‘simliklardir. Erkin changlantirish yo‘li bilan meva o‘simliklari urug‘idan olingan urug‘ ko‘chatlar hamda har xil nav yoki turga mansub ikki hil o‘simlikni sun’iy chatishtirish natijasida olingan urug‘dan o‘stirilgan duragay urug‘ ko‘chatlar bo‘ladi. Birinchi xil ko‘chatlar, odatda, payvandtag yetishtirish uchun, ikkinchi xillari-duragay urug‘ ko‘chatlar yangi nav chiqarish uchun ko‘chatzorlarda o‘stiriladi. Duragak ko‘chatlar bitta avloddan kelib chiqqan bo‘la-da, lekin ulardan har birining irsiy xususiyatlari har xil bo‘lishi mumkin. Bu xususiyatlarga parvarish qilish sharoiti ta’sir ko‘rsatadi. Natijada duragay urug‘ ko‘chatlar o‘zaro bir- biridan fariq qilishi va bir qancha morfologik belgilari hamda biologic xususiyatlari bilan dastlabki ona avloddan boshqacha bo‘lishi mumkin. Bitta duragay o‘simlikdan vegetative (payvandlash, qalamcha, bachki novdasini ekish) yo‘li bilan ko‘p ming nusxa yangi o‘simlik hosil qilish mumkin. Bularning hammasi brgalikda klon; klonni tashkil etgan ayrim o‘simliklar individ deb ataladi. Duragayning ikkinchi formasi ikkinchi klon individ, uchinchi formasi esa uchinchi klon individ hosil qiladi va hokozo. Urug‘ ko‘chatning individual rivojlanishi zigotadan, ya’ni sperma bilan tuxum hujayraning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan bitta hujayradan boshlanadi va o‘simlikdagi barcha qism (organ) larning qurishi bilan tugallanadi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan o‘simliklarda individual rivojlanishning boshlanishi vegetative qisimlardan yangi o‘simlik hosil bo‘lish vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu holda yangi o‘simlik urug‘dan o‘sib chiqqan ona individning hayot siklini davom ettiradi. Shuning uchun individ termini faqat boshlang‘ich urug‘ ko‘chatga, ya’ni uug‘dan o‘sib chiqqan o‘simliklarga taalluqlidir, faqat shular barcha individual rivojlanish stadiyalarini o‘tadi. Mazkur ko‘chatlarning ayrim qisimlaridan ko‘paytirilgan o‘simliklar esa individ emas, balki klon individi deb ataladi. I.V.Michurin meva o‘simliklari urug‘ ko‘chatining yoshini: embrionlik, yoshlik (yuvenil), mahsuldorlik va qurish (qarish) davridan iborat to‘rt davirga bo‘linadi. Embrionlik davri zigota hosil bo‘lgandan boshlanadi; shundan so‘ng ona (asosiy) o‘simlikda urug‘ rivojlanadi. Bu davir urug‘ unib chiqqandan keyin urug‘palla yorib chiqquncha va birinchi chinbarg paydo bo‘lguncha davom etadi. Bu davirda yosh organism juda o‘zgaruvchan va tashqi muhit sharoitiga moslashishga moyil bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling