Мева кўчатзори


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

4. Payvandlash usullari 
Sanoat asosidagi sitruschilikda bir yillik urug‘ko‘chatlarga ѐzning ikkinchi 
yarmida kurtak payvand qilish ѐki bahorda qalamcha payvand qilish asosiy 
ko‘paytirish usuli hisoblanadi. Ko‘pgina sitrus yetishtiruvchi mamlakatlarda 
trifoliata, bigaradiya, nordon mandarin va nordon greypfrut eng yaxshi payvandtag 
hisoblanadi. Ammo O‘zbekistonning ishqorli tuproqlarida bu payvandtaglarning 
ayrimlari yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun respublikamizda Meyer limoni 
asosiy payvandtag hisoblanadi. Shirin apelsin, nordon mandarin va nordon 
greypfrut ham payvandtag sifatida istiqbolga egadir. 
Yer sharining barcha mamlakatlari qishloq xo‘jaligi amaliѐtida keng 
qo‘llaniladigan asosiy payvandlash usullarini bilmasdan turib, sitrus 
bog‘dorchiligini muvaffaqiyatli rivojlantirib bo‘lmaydi. Quyida eng ko‘p tarqalgan 
payvandlash usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz. 
 
Nazorat uchun savollar: 
 
1. Urug‘lik payvandtag deganda nimani tushunasiz ? 
2. Payvandtag olish uchun urug‘larni ekish muddatlarini ayting ? 
3. Urug‘larni ekish normasi va chuqurligi qanday bo‘ladi ? 


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 
23 
II. AMALIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI 
1- AMALIY MAShG‘ULOTI. 
Mavzu: Subtropik ekinlarining morfo-biologik tuzilishi. 
 
Mashg‘ulot maqsadi: Subtropik o‘simliklar tropik va mo‘tadil iqlim 
mintaqalari o‘simliklaridan farqlanuvchi o‘ziga xos tipga ega. Tropik va subtropik 
doim yashil o‘simliklar ikki xil tipdagi madaniy o‘simliklardir. Tropiklarda, 
yuqorida ham ta’kidlaganimizdek, termik mavsumiylik mavjud emas. Bu yerlarda 
o‘simliklarda muntazam ravishda yangi novdalarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. 
Agar tropik doim yashil o‘simliklarda tinim davri kuzatilsa, bu o‘simlikning ichki 
sabablari ѐki qurg‘oqchilik va quruq davrning boshlanganligidan yuzaga kelgan 
bo‘ladi. 
Subtropik o‘simliklarda esa sovuq, ya’ni subtropik qish davriga to‘g‘ri 
keluvchi va termik mavsumiylikka bog‘liq bo‘lgan muqarrar tinim davri kuzatiladi. 
Subtropik o‘simliklar tinim holatida subtropik iqlim mintaqalarida 
kuzatiladigan qisqa muddatli va yuqori bo‘lmagan sovuqlarni betalofat o‘tkaza 
oladi. Agar subtropik o‘simliklarda mana shu “tinim davri” bo‘lmaganda edi, 
subtropiklar deb ataluvchi o‘simliklar olami ham bo‘lmas edi, chunki o‘saѐtgan 
holatida subtropik o‘simliklar sovuqqa chidamliligi bo‘yicha tropik o‘simliklardan 
umuman farqlanmaydi. 
Subtropik o‘simliklarda “qishki” tinim davri havoning harorati “haѐtiy” 
noldan pasayganda yuzaga keladi. Mandarin, dafna va yelpig‘ichsimon palma 
uchun “haѐtiy” nol +100S, limon uchun +90S, tunga uchun +120S va xurmo 
palmasi uchun +180S hisoblanadi. Harorat mazkur darajadan pasayganda 
o‘simliklar gullamaydi. 
Tropik iqlimda apelsin mevalari daraxtida qoplovchi rangi o‘zgarmagan 
holda yashil rangda uzoq vaqt (bir yilgacha va undan ko‘proq) osilib turadi. Xurmo 
palmasini seylonda yetishtirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyat keltirmadi, eng 
sovuq davrda harorat +120S gacha pasayadigan Shimoliy Iroqda esa xurmo 
palmasi mo‘l hosil tugadi. Tropiklarda zaytun, limon va choy tuplari yaxshi hosil 
bermaydi. Sheddok va laym esa nam tropik iqlim sharoitlariga moslashib olgan. 
Bularning barchasi subtropik doim yashil o‘simliklarda ѐzgi tanaffusga bog‘liq 
bo‘lmagan holda qishki sovuq davrga to‘g‘ri keluvchi tinim davriga talabchanligini 
ko‘rsatadi. 

Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling