Мева кўчатзори


 Payvandtaglarni yetishtirish


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

2. Payvandtaglarni yetishtirish 
Таянч иборала: уруғлик, уруғ кўчат, маҳаллий ва минерал ўғитлар, мева 
экинлари турига, навига қараб намликка муносабати, усуллари, 
қурғоқчиликка чидамли, униб чиқиши, чуқурлиги.


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 
21 
Urug‘ olish uchun tayѐrlangan mevalar (Meyer limoni, shirin apelsin
nordon greypfrut va boshqalar) to‘liq pishgan holatida yengil chiriy boshlaguncha 
yashiklarda ѐki kichikroq uyumlarda saqlanadi. Bunda uyumlarda mevalarning 
kuchli qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. So‘ngra mevalar maydalanib, 
urug‘lar mezgadan ajratiladi. Olingan urug‘lar suvda yuviladi. Suv yuzasiga qalqib 
chiqqan urug‘lar olib tashlanadi, cho‘kkanlari esa olinib, 1 -2 kun mobaynida 
soyada quritiladi. 
Nihollarning qiyg‘os unib chiqishi uchun yangi tayѐrlangan urug‘lar darhol 
tuproqqa ekiladi. Agar urug‘larni bahorda ekish rejalashtirilgan bo‘lsa, ular nam 
substratga (qum, taxta qirindisi, perlit va h.k) stratifikatsiya qilinadi. Bunda bir 
qism urug‘ga uch-to‘rt qism substrat sarflanadi. So‘ngi yillarda urug‘larni 
polietilen xaltachalarda sovutkichlarda +5+7 0S haroratda saqlash keng 
qo‘llanilmoqda. 
Urug‘lar tuproq sathidan 15-20 sm balandlikda tashkil etilgan 1 m kenglik 
va 15-20 m uzunlikdagi pushtalarda 20 sm masofada olingan ko‘ndalang 
egatchalarga 2-3 sm chuqurlikka ekiladi. Katta maydonlarda ikki qatorli ekish 
amalga oshiriladi. Bunda qatorlar oralig‘i 70-80 sm, qo‘sh qator oralig‘i 25 sm, 
qatordagi o‘simlik oralig‘i 2-3 sm. 
Urug‘larni parniklarga ѐki substratli yashiklarga ham sepish mumkin, 
bunday hollarda keyinchalik nihollar pikirovka qilinadi. Qo‘lda pikirovka qilish 
ko‘p mehnat va ishchi kuchi talab etsada, juda yaxshi natija beradi. Pikirovka 
qilingan nihollar va ularning tuprog‘ini o‘z vaqtida sifatli parvarishlab turish 
o‘simliklar ildizining yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. 
Mazkur ishlar o‘z vaqtida bajarilganda bir o‘suv davri mobaynida madaniy 
apelsin, limon, mandarin va boshqa ekin navlarini payvand qilishga yaroqli bir 
yillik urug‘ko‘chatlarni (payvandtaglarni) yetishtirish mumkin. 

Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling