Мева кўчатзори


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 
29 
 
Mavzu: sitrus o‘simliklarni yashil qalamchalaridan ko‘paytirish 
texnologiyasi. 
Mashg‘ulot maqsadi: mevali o‘simliklarni har xil usulda payvand qilish 
texnikasi bilan tanishish va uni amaliy bajarishni o‘rganish. Ushbu bilimlar mevali 
o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni yetishtirishda har bir mevachi mutaxassis 
uchun zarurdir. 
14-rasm. Qalamcha payvand turlari: 
 
Mashg‘ulot mazmuni: 
1. Mevali o‘simliklarni qalamcha payvand (oddiy va tilchali), po‘stloq ostiga 
payvand, iskana payvand usullarida payvand qilish texnikasini o‘zlashtirish. 
Asosiy payvand usullarini sxematik tarzda tasvirini chizish.
2. Bog‘ qaynatmasining tarkibi va uni tayyorlashni o‘rganish. 
Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar 
Mevali o‘simliklarni qalamcha bilan payvand qilish erta bahorda, o‘simliklar 
tinim 
davridaligida 
o‘tkaziladi. Bunda ayniqsa unutmaslik lozimki
payvandtagning kambiysi va payvando‘stning kambiysi hamma vaqt mos kelishi 
va butun kesim bo‘ylab yondashishi lozim. 
Payvand qilingan zog‘otiyoq u o‘rab bog‘lanadi va bog‘ qaynatmasi surkab 
qo‘yiladi, u payvandni qurib qolishdan asraydi. 
Payvand qilishning quyidagi usullari mavjud: 
- qalamcha payvand, bu usulda payvandtag va payvando‘stning diametri bir 
xil bo‘lishi talab etiladi. Agar ularning diametri har hil bo‘lsa, ular bir tomonlama 
albatta mos kelishi zarur; 
- payvandtag va payvando‘stni qiya kesish yonining to‘g‘ri qismida amalga 
oshiriladi; kesish qo‘lda bir marta harakat bilan bajariladi. Yaxshilangan qalamcha 
payvandda qalamchada tilcha hosil qilinadi. Tilchaning uzunligi payvandtagga 


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 
30 
qilingan uyachaga mos kelishi lozim. 
Payvandtag va payvando‘stning tilchalari bir-biriga mos kelishi, ularning 
kambial to‘qimalari albatta yondashishi zarur, aks holda payvandtag payvando‘stga 
birikib ketmaydi. 
So‘ngra payvand o‘rab bog‘lanadi va bog‘ qaynatmasi surkab qo‘yiladi. 
- Yon kesikka payvand qilish. 
Ushbu usul payvandtag sifatida olingan o‘simlik diametri katta bo‘lib ketgan 
novda ko‘rinishida bo‘lganda qo‘llaniladi. Ushbu holatda payvandtagda 20-30
0
burchak ostida iskana kesik kesiladi. Payvando‘st sifatida 7-8 sm li, 2-3 ta kurtagi 
bor qalamcha olinadi, usti to‘g‘ri kesiladi, ostki tomoni esa 2,5 sm uzunlikda 
ponasimon yo‘niladi. 
Novda egilib, payvando‘st iskanasimon ochilgan kesikka joylashtiriladi, 
bog‘lanadi va boq qayntamasi surkab qo‘yiladi. 
- Yoriqqa payvand qilish. Shox yoki tanada tekis to‘g‘ri joyida to‘g‘ri burchak 
ostida yoriqcha hosil qilinadi (ushbu joy yon shohchalarsiz va zararlanmagan 
bo‘lishi lozim). So‘ngra uzunligi 7-10 sm bo‘lgan 2-4 ta va undan ko‘proq 
qalamchalar tayyorlanadi. Pastki kesikning tashqi tomoni ichki tomoniga nisbatan 
doimo keng bo‘lishi zarur, bu esa payvandtagning payvando‘st bilan tig‘iz 
birikishini ta’minlaydi. 
Yoriqcha hosil qilish uchun katta pichoq qo‘yilib bolg‘acha bilan, yoki eng 
yaxshisi yog‘och to‘qmoqcha bilan uriladi. 
Yoriqcha otverka yoki ponacha bilan uning butun diametri bo‘yicha 5-7 sm 
chuqurlikda kengaytiriladi. 
Har bir qalamchaning ostki qismi 5 sm uzunlikda ponasimon yo‘niladi va 
yoriqqa tiqiladi. 
So‘ngra payvand o‘rab bog‘lanadi va bog‘ qaynatmasi surkab qo‘yiladi. Bog‘ 
qaynatmasi 4 qism smola va kanifol, 2 qism asalari mumi, 1 qism o‘simlik moyi 
yoki tuzlanmagan hayvon yog‘idan iborat bo‘ladi. Kuchsiz olovda smola eritiladi, 
so‘ngra mum va yog‘ qo‘shiladi. Tayyorlash jarayonida aralashma muntazam 
aralashtirilib turiadi, so‘ngra aralashma sovuq suvga quyiladi. Aralashma 
qotgandan so‘ng u qo‘l bilan yoyiladi va qaynatma ishlatishga tayyor hisoblanadi. 
Agar bog‘ qaynatmasini saqlash ehtiyoji tug‘ilsa, u qalin o‘rama qog‘ozga o‘raladi. 
Mahalliy sharoitlarda bog‘bonlar bog‘ qaynatmasi o‘rniga mayda somon bilan 
yaxshilab aralashtirilgan loydan foydalanishadi. Loy purkalgach, ustidan polietilen 
plyonka o‘raladi yoki polietilen paketcha kiydirib qo‘yiladi. 
Qalamcha tutib ketgandan so‘ng polietilen plyonka yoki paketchalar olib 
tashlanadi. 

Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling