Мева кўчатзори
Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
3. Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish
Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish – o‘simlikni uning vegetativ qismlaridan (novda, ildiz, kurtak ѐki barg) qayta tiklashdir. Ko‘paytirishning mazkur usuli o‘simliklarni uning biror qismidan to‘liq qayta tiklana olish xususiyatiga asoslangandir. Modomiki, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishda yangi o‘simlikning qayta tiklanishi uchun faqatgina somatik hujayralar ishtirok etar ekan, demak, yangi o‘simlik ona o‘simlikdan umuman farqlanmaydi. Biroq unutmaslik lozimki, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishda ham mutatsiya ѐki kurtaklarning variatsiyasi natijasida o‘simlik o‘zgarishi (garchi kamdan-kam hollarda yuzaga kelsa ham) mumkin. Sitrus ekinlarni quydagi har xil vegetativ usullar bilan ko‘paytirish mumkin: ѐg‘ochlashgan ѐki yashil qalamchalarini ildiz ottirish, kurtak ѐki qalamcha payvand qilish, parxishlash va hokazo). Yog‘ochlashgan ѐki yashil qalamchalarini ildiz ottirish sitrus o‘simliklari orasida limonda eng yuqori natija beradi. Buning uchun uning o‘tgan yilda СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 22 shakllangan novdalaridan 3-4 ko‘zga ega bo‘lgan qalamchalar 8-10 sm uzunlikda tayѐrlab olinadi. Qalamchalarni tayѐrlashda pastki kesilma bevosita kurtak ostidan, yuqorigisi esa kurtakdan 1 -1,5 sm yuqoridan amalga oshiriladi. Qalamchalarda namlikning jadal bug‘latilishiga barham berish uchun ulardagi barglar soni kamaytiriladi ѐki barg yaprog‘i o‘rtasidan kesib tashlanadi. Qalamchalar 40-50 donadan qilib bog‘lanadi va yaxshi ildiz otishi uchun o‘sishni boshqaruvchi modda – IMK ning (indolilmoy kislotasi) ishchi eritmasiga 2-2,5 sm chuqurlikda 14-16 soat mobaynida solib qo‘yiladi. O‘sishni boshqaruvchi modda eritmasida ishlov berilgandan so‘ng ular maxsus tayѐrlangan 1:1 nisbatdagi darѐ qumi va chirindi aralashmasidan iborat bo‘lgan substratga 4-5 sm chuqurlikda ekiladi. Qalamchalarni ildiz ottirish uchun ichki mikroiqlimi boshqariluvchi plѐnkali issiqxonalar talab etiladi, ya’ni ularda qalamchalarga davriy ravishda suv tuman ko‘rinishida purkab turiladi. Unutmaslik lozimki, qalamchasini ildiz ottirish ayrim sitruslarda (masalan, mandarin, apelsin) yaxshi natija bermaydi, ya’ni ular bu holatda ko‘pincha ѐvvoyi holatga o‘tib ketadi va kuchli o‘suvchan ham kam mahsuldor bo‘lib qoladi. Shu bois bu usul O‘zbekistonda faqatgina limon uchun tavsiya etiladi. Download 439.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling