Meva-sabzavotlarni qayta ishlash usullarining hozirgi kundagi istiqbollari
Download 221.86 Kb. Pdf ko'rish
|
meva-sabzavotlarni-qayta-ishlash-usullarining-hozirgi-kundagi-istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash usullarining hozirgi kundagi istiqbollari Kamola Abdujabbarovna Usmanova Ixtiyorjon Abduqaxxorovich Abduraxmonov Ravshan Nabievich Xasanov Jizzax politexnika instituti Annotatsiya: Meva-sabzavotlarni istemol qilish boshlangandan buyon uni qayta ishlash, saqlash, eksport qilish choralari ham ko’rilmoqda. Mahsulotlarni tez nobud qilmasdan aholiga tabiiy holda uzoq vaqtga qadar sifatli yetkazib berish eng hozirgi kunda ommalashgan vazifalardan biridir. Kalit so’zlar: meva-sabzavot, qayta ishlash, saqlash, eksport Current prospects of fruit and vegetable processing methods Kamola Abdujabbarovna Usmanova Ikhtiyorjon Abdukakhorovich Abdurahmonov Ravshan Nabievich Khasanov Jizzakh Polytechnic Institute Abstract: Since the beginning of the consumption of fruits and vegetables, measures have been taken to process, store and export them. One of the most popular tasks today is to deliver quality products to the population for a long time without destroying them quickly. Keywords: fruits and vegetables, processing, storage, export Mevalarni yetishtirish ma’lumki, mavsumiy hisoblanadi. Aholiga tez, sifatli mahsulotlarni uzoq muddatga qadar yetkazib berishni ilmiy asosda tashkil qilish samarali va isrofgarchilikni kam talab qiladigan usullardan hisoblanadi. Xorijlik mutaxassislarning e’tiroficha, diyorimizda yetishtirilayotgan meva- sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari xushta’mligi, sarxilligi, eng asosiysi, tabiiyligi, foydali va to‘yimliligi bilan mintaqa hamda jahon bozorida juda xaridorgir hisoblanadi. O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq va boshqa ko‘plab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chetga eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘nta davlatdan biridir. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 389 Joriy yilning 8-10 noyabr kunlari Toshkentda «O‘zekspomarkaz» AJ ko‘rgazma majmuasida o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi mavjud imkoniyatlardan yanada to‘laqonli foydalanish kerakligini ko‘rsatdi. Darvoqea, yarmarka tashkilotchilari «O‘zbekoziqovqatxolding» XK, «O‘zvinosanoatxolding» XK, «O‘zagroeksport» AJ hamda «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi» tomonidan tashqi bozorlarga jami 1 million tonnadan ziyod ho‘l va 30 ming tonnadan ortiq qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalarini tuzish va kelgusi yil uchun buyurtmalar portfelini etishni yanada takomillashtirishga ham xizmat qiladi. Yarmarkada mamlakat meva-sabzavotchilik sohasining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi stend va ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Shuningdek, yurtimiz fermer, dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan ho‘l va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarining sara turlari namoyishi tashkil etildi. «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma majmuasining birinchi pavilyoniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavotlar joylashtirildi. Fermerlarimiz qovun, qizilmiya ildizi ekstrakti, kunjut, mosh, loviya kabi mahsulotlar yetkazib berish uchun ko‘plab import shartnomalari tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda birgina Andijon berish bo‘yicha Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya,Iroq davlatlaridan kelgan mehmonlar Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida mevalarni eksport qiluvchi 4 yirik korxona mavjud bo‘lib, ular 70 tonnadan tortib, 150 tonnagacha hajmdagi o‘nga yaqin mevani saqlaydigan muzlatgich va omborxonalarga ega. Shuningdek, tumanda meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi 2 korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Yarmarka mobaynida ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini o‘rta muddatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish tizimini kengaytirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilib, o‘zaro fikr almashildi. Yarmarkada AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Latviya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 30 dan ziyod mamlakat qayta ishlash va savdo kompaniyalari, savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi vazirlik va idoralar, logistika kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. «O‘zagroeksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yarmarka yakunlari bo‘yicha qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,4 million tonna mevasabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 355 shartnoma imzolangan. Eksport qilinadigan mahsulotlarning 32 foizini sabzavot, 16,6 foizini "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 390 uzum, 25 foizini meva, 13,7 foizini dukkakli ekinlar va poliz mahsulotlari, 13 foizini quritilgan va qayta ishlangan mahsulotlar tashkil qiladi. Tariximizga nazar soladigan bo’lsak, mevalar to’g’risida juda ko’p rivoyatlar to’qilgan unga ko’ra uzum shunday dermish:”Mevam o’ta shirali , to’yimliman, dasturxon ko’rkiman. Mayizim, sharbatim, urug’imdan olingan yog’ juda foydali hisoblanadi. Mendan turli-tuman ichimliklar tayyorlashadi, yangi pishgan bargim esa choy o’rnida xizmat qiladi. Kimki mendan to’yib yesa, qonida toza qon paydo qilaman, darmonsizga darmon bag’ishlayman, kayfiyatini ko’tarib, dilini xushnud etaman”. Download 221.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling