Meva–sabzavot va konservalangan mahsulotlar mikrobiologiyasi


Tabiiy sabzavotlarning konservalari


Download 0.49 Mb.
bet9/10
Sana07.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1172376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bijg‘itilgan sabzavot konservalarini tayyorlash texnologiyasi (2)

Tabiiy sabzavotlarning konservalari. Bu xildagi konservatar yangi uzilgan sabzavotlar (ko'k no'xat, qo'zoqli loviya, gulka- ram, shovul, pomidor va boshqalar) dan tayyorlanadi. Bunda xomashyo yaxshi lab yuvilib navlarga ajratiladi, o'lchamiga qarab kalibrovka qilingandan so'ng blanshirlanadi. Ayrim hollarda maydalanadi. Shu tariqa tayyorlangan xomashyo bankalarga joy- lashtiriladi. Bularga suvdan tashqari mazasi yaxshi bo'lishi uchun tuz bilan shakar ham qo'shiladi. Bunday konservalarda xomashyoning tarkibi dcyarli o'zgarmaydi. Shuning uchun bu xildagi kontsevalar tabiiy sabzavot kontsevalari deb yuritiladi.
Tabiiy sabzavot konservalarida sabzavotning mazasi, xushbo'y hidi, asosan vitaminlar yaxshi saqlanadi. Bunday konservalarning tarkibida (suyuqligi bilan hisoblanganda), xususan ko'k no'xatda 10—20 mg%, gulkaramda 20—3()mg% С vitamini bo'ladi.Tabiiy sabzavot kontsevalarining tayyorlash texnologiyasini , ko'rib chiqish maqsadida pomidordan tayyorlanadigan konserva chiqarish texnologiyasiga to'xtalib o'tamiz.Konserva tayyorlash uchun pomidorning po'sti qalin navlari o'lchamlariga nisbatan kichik bo'lganlari tanlanadi. Pomidorlar sarg'ish, qizil rangli bo'lib, sterilizatsiya vaqtida ezilib ketmasligi lozim. Pomidor po'sti bilan yoki po'stini olib tashlab konserva qilinadi. Pomidorning po'stini olib tashlash uchun uni bug'da 10—20 sek ushlab turiladi, keyin esa sovitiladi. Bunda pomidor po'stidan ajraladi, qisman ajralmay qolganlari qo'l bilan tozala- nadi. Shu taxlitda tayyorlangan pomidorlar bankalarga joylashti- riladi va ustidan tuzning 2% li eritmasi quyiladi. Bankalar zich berkitiladi va 100°C da sterilizatsiya qilinadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling