«Mexanika» fanini mashina detallari qismidan amaliy mashg`ulotni bajarishga doir uslubiy ko`rsatma
Sirpanish va foydali ish koeffitsient egri chiziqlari
Download 425.45 Kb.
|
Mexanika Amaliy mashgulot
4. Sirpanish va foydali ish koeffitsient egri chiziqlariTasmali uzatmalarning yuklanish darajasi, foydali ish koeffitsienti va sirpanish egri chiziqlari asosida baholanadi. Grafikda ordinata o’qiga sirpanish koeffitsienti va foydali ish koeffitsienti , abtsissalar o’qiga esa uzatmaning tortish koeffitsienti orqali ifodalangan yuklanish qo’yiladi. Tortish koeffitsienti tasmalarning yuklanish darajasini bildiradi. Yuklanish natijasida hosil bo’lgan kuchlanishni qiymati quyidagicha aniqlanadi. Sirpanish miqdori sirpanish koeffitsienti bilan ifodalanadi: bunda V1, V2 – yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlarning aylanma tezliklari, m/s. Sirpanish egri chiziqlari tajriba yo’li bilan olinadi, bunda taranglik kuchi bo’lib Ft ning qiymatini oshirib ni qiymati o’lchanadi. Bu qiymat ning ma’lum qiymatigacha oshib boradi, ya’ni o’zaro to’g’ri proportsional bo’ladi. Yuklanish qiymatini yanada oshirsak, sirpanish hodisasi asta-sekin ortib boradi, max qiymatda esa to’liq sirpanish hodisasi ro’y beradi. Uzatmaning f.i.k. qiymati yuklanishni oshishi bilan asta-sekin ortib boradi, uning eng katta qiymati tortish koeffitsientining k (kritik) qiymatiga to’g’ri keladi. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, tortish koeffitsientining kritik qiymatlari rezinalangan tasmalar uchun k0,6; ip-gazlamali k0,5; sintetik tasmalar uchun k0,450,5. 5. Tishli tasmali uzatmalar. Tishli tasmali uzatmalarni ustki qismi tekis bo’lib, ichki tomonida ko’ndalang kesim bo’yicha joylashgan tishlari tishli g’ildiraklar bilan ilashadi, 5.18-rasm Tishli tasmali uzatmalarda shkiv bo’yicha sirpanish xodisasi bo’lmaydi, boshlang’ich taranglik kuchning qiymati nisbatan katta bo’lmaydi. Tasmalarning tortish darajasiga qamrov burchagini ta’sirini kamaytiradi. Bu esa o’qlararo masofani ya’ni gabarit o’lchamlarni kamaytiradi, uzatmani uzatish soni nisbatan kalta bo’lmaydi. Tasmalarni tortish darajasiga qamrov burchagini ta’sirini kamaytiradi, bu esa o’qlararo masofani ya’ni gabarit o’lchamlarni kamaytiradi, uzatmani uzatish soni nisbatan katta. 8.4-rasm
Kamchiliklari: Tannarxi nisbatan qimmatligi; tasmaning ishlash muddatiga o’qlarni o’zaro joylanishi, (noparalelligi) solbiy ta’siri. Ishlatilishi. Tishli tasmali uzatmalarda tasmalarni tortish darajasi katta bo’lgani uchun yuklanish katta uzatmalarda shuningdek xarakat aniq bo’lgan uzatmalarda (uzatish soni doimiy bo’lishi shart) ishlatiladi. Uzatiladigan quvvat 200 KVt gacha, tezligi 60 m/s gacha, F.I.K . Tishli tasmali uzatmalarda ikki xil yo’l bilan tayyorlanadi, yig’ma va bosma. Yig’ma tishli tasmalarda tortuvchi element bu metallokard bo’lib u rezina xamda tishlari matolar bilan qoplangan bo’lib, bir butun qilib vulkanizatsiya qilingan. Bosma tishli tasmalarda tortuvchi element metallokard bo’lib, rezina poleuretan bilan qoplangan. Metallokard bu diametrni 0.36, 0.75 mm pulat materiallardan tayyorlangan tros. Tishlari trapetsial formaga ega bo’lib, tishlarning shakli bo’ladi 5.19-rasm. 8.5-rasm Tasmaning , qadam xisobida yoki tasmadagi tishlar sonini quyidagi qatordan olinadi: 45, 48, 50, 53, 56, 60, 63, 67, 71, 75, 80, 85, 90, 100, 105, 112, 115, 125, 130, 140, 150, 160, 170, 180, 190, 200, 210, 220, 235. Tasmaning xisobiy uzunligi Tasmaning eni quyidagi qotordan olinadi: 5, 8, 10, 12.5, 16, 20, 25, 32, 40, 50, 63, 80, 100, 125, 160, 200 mm. Tishli tasmali uzatmalar xisobi. Tishli tasmalarni ishga layoqatligi uning tortish darajasi bilan belgilanadi, tortish darajasi esa eni 1 mm bo’lgan tasmaning uzata olishi mumkin bo’lgan solishtirma kuch bilan belgilanadi, shartli belgisi . ning qiymati modulga bog’liq bo’lib, quyidagicha olinadi: 8.1jadval
Uzatmada uzatilayotgan quvvat R1 ga va aylanish soni ga nisbatan jadvaldan ilashish moduli m va yetaklovchi shkivning tishlar soni z1 qabul qilinadi. 8.2-jadval
Uzatmaning xisoblash ni ruxsat etilgan qiymati bo’yicha olib boriladi, bunda: Bunda: Sr=1,3 1,8 – ish rejimni va dinamik yuklanishini xisobga oluvchi koeffitsent Tasmani tortish darajasini ta’minlash uchun kerakli tasmaning eni Bunda - aylanma kuch,N R-kVt, -m/s. Xisoblangan qiymat aniqlashtiriladi : - tasmaning yon tomonida tros o’ramlarining to’liqmasligini xisobga oluvchi koeffitsent: Tasmaning eni standart qatordan olinadi. SHkivni bo’luvchi aylana o’lchami: u1=mZ1; d2=mZ2 bunda Z1,Z2- shkivning tishlar soni . O’qlararo masofa Tasmaning uzunligi . Aniqlangan qaymat standart bo’yicha yaxlitlanadi. O’qlararo masofaning hisobi qiymati Etaklovchi shkiv bilan ilashishda bo’lgan tasmaning tishlar soni Bunda - yetaklovchi shkivning qamrov burchag., Uzatmada tasma tishlarini kesishga, troslarni uzilishga mustaxkamligini chidamliligini ta’minlash uchun shart bajarilishi kerak. Agarda bo’lsa o’qlararo masofada a yoki z1 tishlar soni oshiriladi. Boshlang’ich taranglik kuch F0 qiymati ilashishdagi bo’shliqlarni yo’qotish, xamda tasmani shkivga to’g’ri ilashishini ta’minlaydi. Uning qiymati tasma Bilan shkiv o’zaro yaxshi ilashishi uchun markaz qochma kuch qiymatidan katta bo’lishi shart, qo’yidagicha aniqlanadi: bunda v-mm ; q-kg /(m mm); -m/s; Fy-taranglovchi kuch, N/mm; Valga ta’sir qiluvchi kuchning qiymati Tishli tasmalarning ishlash muddati 2000 s. 2. Zanjirli uzatmalarda xosil bo’ladigan kuchlar. Download 425.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling