«Mexanika» fanini mashina detallari qismidan amaliy mashg`ulotni bajarishga doir uslubiy ko`rsatma


Uzatma tasmalarini ishlashni uning tortish darajasi hamda ishlash muddati bilan belgilanadi


Download 425.45 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1574467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mexanika Amaliy mashgulot

Uzatma tasmalarini ishlashni uning tortish darajasi hamda ishlash muddati bilan belgilanadi.


Tasmalarni hisoblashda asos qilib, uning tortish darajasi olingan. Bu esa tasma bilan shkiv o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti hamda tasmaning qamrov burchagiga bog’liq. Tasmaning ishlash muddati esa tajriba yo’li bilan olingan tavsiyalar asosidan belgilanadi.

2. Ponasimon va yarim ponasimon tasmali uzatmalar.


Mashinasozlikda asosan ponasimon va yarimponasimon tasmalar ishlatiladi. Ponasimon tasmalar ko’ndalang kesimi trapetsiya ko’rinishida bo’lib shu shaklli shkiv ariqchalariga o’rnashgan bo’ladi. SHkiv ariqchalarining chuqurligi tasma ko’ndalang kesmining balandligidan kattaroq bo’lishi kerak, chunki tasma shkiv ariqchalariga joylashganda uning pastki sirti bilan ariqchanning asosi o’rtasida ochiq joy bo’lishi lozim. Tasmaning yon yoqlari shkiv ariqchasining yon yoqlariga butun yuzasi bilan yopishgan bo’ladi. Bunda tasmaning sirtki tomoni shkivning tashqi diametridan chiqib turmasligi kerak, agar bu shart bajarilmasa, shkiv ariqchalarining qirralari tasmaning tezda ishga yaroqsiz holga keltiradi.
Tasmaning bu turlari yassi tasmalarga nisbatan, tasmalarning ko’ndalang kesimini ponasimon shaklda bo’lganligi uchun katta quvvat uzataoladi, yetaklovchi shkivda qamrov burchagi nisbatan kichik bo’lishi mumkin, bu tasmaning afzalliklari.
8.1 -rasm
Kamchiliklari, tasmaning balandligi katta bo’lganligi uchun egilishdagi kuchlanish qiymati katta, shkivlarning tannarxi nisbatan katta, uzatmada ishlatiladigan tasmalarning ishlash jarayonida deformatsiyalanishi uzunligi bir xil bo’lmaganligi uchun ishlashi notekis.


8.2-rasm

Ponasimon tasmalar kordgazlama (8.2-rasm) va kordli (8.3-rasm) qilib tayyorlanadi. Kordgazlamali tasmada gazlama sifatida viskoza, kapron, lavsan materiallar ishlatiladi. Kord sifatida o’z o’q atrofida buralgan anid materiallar ishlatiladi. Standart asosida tayyorlanadigan tasmalar normal va ensiz turlariga bo’linadi. Normal kesimli tasmalarda ensiz tasmalarda - tasmaning eni. h- tasmaning balandligi.


Uzatmalarning tezligi 30m/s gacha bo’lganda bu tasmalarni ishlatish tavsiya etiladi.
Tasmaning xisobiy uzunligi : 400, 450, 500, 560, 630, 710, 800, 900, 1000, 1120, 1250, 1400, 1600, 1900, 2000, 2240, 2500, 2800, 3150, 3550, 4000….
Ensiz tasmali uzatmalar kundalang kesimning hajmi bo’yicha SPZ, SPA, SPB, SPC turlariga bo’linadi. Tasmalarda nisbat kichik bo’lganligi uchun mustahkamligi yuqori, normal tasmalarga nisbatan tortish darajasi 1,5….2,0 marta katta. SHuning uchun uzatmada tasmalarni sonini kam olish, uzatmani tezligi 50 m/s gacha bo’lganda ham ishlatish tavsiya etiladi.
Yarimponasimon tasmalar , v-rasm ko’ndalang kesimni hajmi bo’yicha K, L, M turlariga bo’linadi, jadval. O’lchamlari nisbatan kichik bo’lganligi, yaxshi elastiksimon bunda uzatmaning tezligi 65 m/s gacha bo’lishi mumkin.
Uzatiladigan quvvat bir xil bo’lgan ponasimon va yarimponasimon uzatmalarni bir biriga taqqoslasak, yarimponasimon uzatmalarda shkivlvr nisbatan ensiz bo’ladi.

Download 425.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling