Mexanika mashinasozlik fakulteti


Download 422.14 Kb.
bet14/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

Nazorat savollari:
1.Polietilenning qanday turlarini bilasiz va ular qanday ishlab chiqariladi?
2.Termoplastik plastmassalarning issiqbardosh turlari haqida ma’lumot keltiring?
3.To‘ldiruvchiga ega bo‘lmagan va to‘ldiruvchiga ega bo‘lgan termoplastik plastmassalar haqida ma’lumot bering?


MA’RUZA №5
Mavzu: Nometall matrisali kompozision materiallar
Ma’ruza rejasi:

  1. Kompozision materiallar haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Kompozision materiallarni matrisasi va mustahkamlovchi turiga ko‘ra klasifikasiyalanishi.

  3. Karbotolali, karboshisha tolali kompozision materiallar.

1. Kompozision materiallar xakida umumiy ma’lumotlar
Kompozision materiallar deb xossalari turlicha bo‘lgan bir nechta materiallardan tashkil topgan materiallarga aytiladi. Bunda materialga ta’sir qilayotgan tashqi kuchlarga qarshilik ko‘satishda kompozision materialning tashkil qiluvchilarning aniq o‘z o‘rni bo‘ladi ular materialning umumiy qarshilik ko‘rsatish xususiyatini belgilaydi.
Kompozision materialni tashkil etuvchi materiallarninig o‘z nomi bo‘lib ular quydagicha nomlanadi: matrisa – so‘zining ma’nosi material onasi ya’ni asosi degan tushunchani beradi. Nometall matrisaga ega bo‘lgan kompozision materiallarda polimer, uglerod va keramik materiallar qo‘llaniladi; mustahkamlovchi – bu so‘zning ma’nosi kompozision materialning mustahkamligini ta’minlovchi asosiy komponenti bo‘lib u ko‘pincha tolalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular shisha, uglerod, borli, organik, oksidli va metall asosli bo‘lishi mumkin; armirlovchi – bu so‘z kompozision materialga qo‘shimcha ravishda kiritilgan komponentga nisbatan ishlatiladigan so‘z bo‘lib u tolali yoki tuqima materiallardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Rasm 7 da oddiy kompozision materialning kesimdagi ko‘rinishi ko‘rsatiilgan.

Rasm 7. Kompozision material kesimi: a – kvadrat kesmli; b – aylana kesimli; 1 – matrisa; 2 – mustahkamlovchi; 3 – chegara qoplami
Kompozision materiallarning xossalari shu materialni tashkil etuvchi komponentlarning kimyoviy tarkibiga, bir-biriga bo‘lgan miqdor nisbatiga va ular orasidagi bog‘lanish mustahkamligiga bog‘lik bo‘ladi. Matrisaga mustahkamlovchini joylashtirishga ya’ni tolalarni taxlash tartibiga yoki ularni bir-biri bilan to‘kilish tartibiga kompozision materialni armirlash deyiladi.
Kompozision materiallar asosan: matrisa turiga, mustahkamlovchi turiga, makrostruktura tuzilishiga va ishlab chikarish usuliga ko‘ra turlarga bo‘linadi.

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling