Mexanika mashinasozlik fakulteti
MA’RUZA №6 Mavzu: Rezina materiallari
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Rezina materiallari.
- 2. Rezinaning turlari va xossalari.
MA’RUZA №6
Mavzu: Rezina materiallari. Ma’ruza rejasi: Rezina materiallari, tarkibi, xomashyo turlari va ta’rifi. Rezina materiallarining turlari va xossalari Umumiy xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari va ularni markalanishi. Maxsus rezina materiallari va ularning markalanishi. Issiqbardosh, yorug‘lik-ozonga, yeyilishga bardosh, elektrotexnik rezina materiallari. 1. Rezina materiallari. Rezina deb maxsus (vulkanizasiya) ishlov berilgan mahsulot – kouchuk va oltingugurt aralashmasi hamda mahsus qo‘shilmalari bo‘lgan materialga aytiladi. Rezina boshqa konstruksion materiallardan yuqori elastiklik xossasi bilan tubdan farq qilib u bu xossasiga o‘zidagi asosiy komponenti bo‘lgan kauchuk orqali erishadi. U juda yuqori darajada 100 % deformasiyalanish xususiyatiga ega bo‘lib hech qanaqa qoldiqsiz yana joyiga keladi. Normal haroratlarda rezina yuqori elastiklik holatda bo‘lib u bu holatini katta haroratlar oralig‘ida saqlay oladi. Rezinaning bikirlik moduli 1 – 10 MPa atrofida bo‘lib u boshqa materiallarga nisbatan ming va hattoki 10 mig marotaba kichik. Rezinanig o‘zgacha xossalariga: uning juda kam qiymatlarda siqilishi; Puanson koeffisiyenti 0,4 - 0,5 va relaksion deformasiyalanish xususiyati kiradi. Rezina materiallari ko‘p sonli mexanik kuchlanishlarda energiyaning bir qismi material ichki ishqalanish, tebranma harakatlar uchun yutiladi. Buni natijasida rezina materiali qiziy boshlaydi. Masalan juda qalin qatlamga ega bo‘lgan avtomobilь shinasi issiqlik o‘tkazish qobiliyati kichikligidan u qiziy boshlaydi va ishlash qobiliyatini susaytiradi. Yuqorida aytib o‘tilgan o‘zgacha xossalardan yana muhimlari shundaki rezina yuqori yeyilishga bardoshli uning suv-gaz singuvchan emas, agressiv muhit va eritmalarga bardoshli, yuqori diyelektrik va kam zichlikka ega material hisoblanadi. 2. Rezinaning turlari va xossalari. Har qanday rezina materialining asosini tabiiy (NK) yoki sun’iy (SK) kauchuk tashkil etib u materialning xossalarini belgilab beradi. Materialning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida ularga turli qo‘shmchalar kiritiladi. Shunday qilib rezina materiali asosan kauchuk va tubda ko‘rilib chiqadigan qo‘shimchalardan tashkil topgan: 1. Vulkanlanuvchi modda (agentlar) – materialning fazoviy to‘rsimon yachyeyka strukturasini hosil qiluvchi komponentlari. Odatda bunday moddalarga oltingugurt va selen kirsa boshqalariga pereks qo‘shiladi. Elektrotexnikada qo‘llaniladigan rezina materiallariga oddiy oltingugurt o‘rniga organik birikmalarning sulfidlari – tiuram kiritiladi. Vulkanlash jarayonini tezlatish uchun: ko‘psulfidlar, qo‘rgoshin va magniy oksidlari kiritiladi. Ular bir vaqtni o‘zida materialning vulkanlashuviga va uning fizik-mexanik xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2. Eskirishga qarshilik ko‘rsatuvchilar (antioksidanti) – rezina materialning tez eskirishiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi komponentlari bo‘lib ular kimyoviy va fizikaviy ta’sirlashishga ega bo‘ladilar. Kimyoviy ta’sirlashuvga ega bo‘lganlari rezinadagi kauchukni unga qo‘shilgan pereksdan oksidlanib ketishini oldini oladi. Fizikaviy ta’sirlashishda asosan parafin, ari uyasi (vosk) yoki shunga o‘xshash moddalar bo‘lib ular rezinadagi kauchukni yupqa pardalar bilan himoya qilishi natijasida eskirish sezilarli darajada to‘xtaydi. 3. Yumshatuvchilari (plostifikatorы) – bu moddalar rezina materialiga boshlang‘ich jarayonda ya’ni birinchi bor unga shakl berishda texnologik jarayonni osonlashtirish maqsadida qo‘shiladi. Bunda ular asosan rezina tarkibiga kiritilgan kauchukni shakllanish darajasiga ta’sir ko‘rsatib uni yumshoqlantiradi. Bunday moddalarga asosan: parafin, vazilin, sterin kislotasi, bitum (smola), dibutilftalat va o‘simlik yog‘lari kiradi. Boshlang‘ich xom ashyoga rezinaga kiritilgan kauchukning massasidan 8 – 30% yumshatuvchi modda kiritilishi mumkin. 4. To‘ldiruvchilari – qo‘shimcha kiritiladigan to‘ldiruvchilar kauchuk bilan ta’sirlashishiga ko‘ra aktiv to‘ldiruvchi (kuchlantiruvchi) va noaktiv to‘ldiruvchi (inert) turlarga bo‘linadilar. Aktiv to‘ldiruvchilarga: uglerod sajasi, nitrid bo‘r sajasi, kremniy kislotasi va sink oksidi kiradi. Ular rezina materialning mexanik xossalarin, ya’ni mustahkamligini, yeyilishga bardoshligini va qattiqligini oshiradi. Noaktiv to‘ldiruvchilarga mel, talk va baritlar kirib ular rezina materialining tannarxini pasaytirish uchun xizmat qiladilar. Bundan tashqari rezina materialiga eski rezina materiallarini qayta maydalab yangi rezina materialiga kiritishadi – ularga reagentlar deb atashadi. Ular na faqat materialninig tannarxini kamaytirishga balki mexanik xossalarini oshirish va eskirishini kamaytirish xususiyatiga ham ega bo‘ladilar. 5. Rangberuvchilar – ular rezina materialiga turli ranglarni berish maqsadida qo‘shiladi. Rang beruvchi moddalar odatda kelib chiqishiga ko‘ra ikki sinfga bo‘linadi – organik meniralli va noorganik. Bu moddalar nafaqat ryezina materialiga chiroy berish uchun balki ular quyosh nurining ma’lum spektiridagi nurlarni yutib ayrimlarini qaytarish xususiyatiga ega bo‘lib rezina materialni eskirishini oldini olishadi. Rezina materialiga kiritiladigan oltingugurdining miqdorini o‘zgartirish orqali turli yachyeyk strukturali rezina materiallari olinadi. Masalan 1 – 5% S ga ega bo‘lgan rezinaninig strukturasi kamtarmoqlangan yachyeyka shakliga ega bo‘lib u yuqori elastik va yumshoq bo‘ladi. Rezina tarkibida oltingugurdinig foizi ortishi bilan uning strukturasidagi tur tarmoqlashib borgan sari materialning yumshoqligi kamayib boradi va nihoyat eng ko‘p 30% oltingugurtga ega bo‘lgan rezina qattiq bo‘lib qoladi - bunday materialga «ebanit» deb nom berishgan. Aralashmani vulkanlashtirish jarayonida undagi polimerning strukturasi o‘zgarishi natijasida materialning fizik-mexanik xossalari shakllanadi. Bunda rezinaning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi va kauchukning elastikligi ortadi, ammo uning plastikligi mutlaqo yo‘q bo‘lib ketadi. Masalan tabiiy kauchuk vulkanlashdan oldingi σv = 1,0 – 1,5 MPa mustahkamlikka ega bo‘lgan bo‘lsa vulkanlashdan keyin uning mustahkamligi σv = 35 MPa teng bo‘ladi. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling