Mexanika mashinasozlik fakulteti


Download 422.14 Kb.
bet20/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

Kalit so‘zlar:
Vulkanlar, porimerlash, tabiiy, sun’iy, antioksidantlar, ozonbardosh, rengenbardoshlik, butadiyen, butadiyenstirolli, izopren.
Nazorat savollari.
1. Rezina deb qanday materiallarga aytiladi, uning tarkibi qanday va ular nima uchun unga kiritiladi?
2. Vulkanlash nima va u sodir bo‘lsa materialning fizik-mexanik xossasi qanday o‘zgaradi?
3. Sun’iy ravishda ishlab chiqariladigan kauchuklar nomlarini va qo‘llanilish sohalarini keltiring?
MA’RUZA №7
Mavzu: Noorganik polimer materiallar
Ma’ruza rejasi:
1. Noorganik polimer materiallar haqida umumiy tushunchalar
2. Tabiiy grafit.
3. Sun’iy grafit turlari
1. Noorganik polimer materiallari.
Noorganik polimer materiallarga grafit, mineral shisha, stallar, keramika materiallari kiradi. Bu materiallar: olovda yonmaslik, yuqori issiqlikga bardoshlik, kimyoviy moddalarga bardoshlik, eskirmaslik, yuqori qattiqlik, siqilishga chidamlilik xossalariga ega bo‘lishadi. Ammo bu materiallar juda mo‘rt, o‘zgaruvchan haroratlarga va yuklamalarga kam bardosh, organik polimerlarga nisbatan yuqori zichlikga ega hisoblanadi.
Asosiy noorganik polimerlarga asosan metallarning oksidlari va ularning kislorodsiz birikmalari kiradi. Bularning ichida ko‘pchiligi kisloroddan tashqari kremniy va boshqa elementlari bo‘lgani uchun ularga umumiy ravishda silikatlar deb nom berishgan. Hozirgi paytda silikatlardan tashqari sof oksidlardan tashkil topgan materiallar xom ishlab chiqarilmokdi. Bularga: alyuminiy, magniy, sirkoniy va shunga o‘xshash metallarning sof oksididan olingan materiallar misol bo‘la oladi.
2. Grafit, tabiy grafit
Grafit – bu uglerodning allotropik shakillardan biri bulib u kristallik polimer noorganik nometall materiallar turkumiga kiradi. U parallyel qatlamlardan iborat geksaganal kristall panjara hosil qiladi. Bu panjaraning fazoviy ko‘rinishi rasm 12 da ko‘rsatilgan.

Rasm 12. Grafitning geksagonal kristall panjarasi: A va S - uning kristallografik o‘qlari.
Panjaraning har bir tugunlarida bittadan atom joylashgan bo‘lib ular orasidagi masofa 0,143 nm tashkil etadi. Bu tugunlarda atomlar bir-biri bilan juda mustahkam kovolent bog‘ga ega. Panjara qatlamlar orasidagi masofa esa 0,335 nm tashkil etib ular bir-biri bilan Van-der Vals kuchlari bilan ta’sirlashgan. Bundan tashqari qatlamlar orasida erkin elektronlar bor. Grafit kristall panjarasining bunday tuzilishi materialga o‘zgacha xossalarga ega bo‘lishligini ta’minlaydi. Masalan har-bir qatlam tekisligidagi geksagonal tugundagi atomlarning bir-biri bilan kovolent bog‘langani uchun ular juda mo‘rt bo‘lib nometall xossalarga ega bo‘lishligini ta’minlasa qatlamlar oralig‘ida joylashgan erkin elektronlar materialga elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlik va yaltiroq bo‘lishlikni ta’minlaydi. Qatlamlarning bir-biri bilan molyekulyar bog‘i materialga yumshoqlik berib kichik tashqi kuchlar ta’sirida qatlamlarni bir-biri bilan oson ajralishini ta’minlaydi.
Grafit atmosfera bosimi ostida juda yuqori haroratlargacha qizdirilganda ham erimaydi, lekin 3700 oS haroratgacha qizdirganda erish jarayonini qoldirib u bug‘lanishga o‘tadi. Grafit materialini faqat yuqori 10 MPa bosim ostida 4000 oS haroratgacha qizdirilganda eriydi.
Grafit tabiatda keng tarqalgan material bo‘lib u sun’iy ravishda ham ishlab chiqariladi. Tabiiy qozib olingan grafitning sifati unchalik yuqori bo‘lmaydi, chunki unda begona elementlar bo‘ladi. Shuning uchun bu grafit materiali antifriksion yoki elektrotexnik material sifatida ishlatiladi. Sun’iy grafit ikkita asosiy guruhga: texnikaviy grafit guruhi va pirolitik (maxsus jarayen prolizdan o‘tkazilgan) grafitga bo‘linadi. Bu guruhdagi grafitlar kristall panjaralari dyeyarli uksonsix, anizatropik xossalarga ega bo‘lgan yuqori temperaturalarga bardoshli konstruksion material hisoblanadi.

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling