Mexanika mashinasozlik fakulteti
Umumiy xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
3. Umumiy xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari.
Umumiy xossalarga ega bo‘lgan rezina materiallariga asosan vulkanlanuvchi qutubsiz kauchukdan – TK (NK), BSK (SKB), SSK (SKS), ISK (SKI) ishlab chiqarilgan materiallar kiradi. TK (NK) – tabiiy kauchuk bo‘lib u quyidagi (S5N8)n – kimyoviy formulaga ega bo‘lgan polimerlar turkimiga kiradi. U yog‘larda va aromatik erituvchilarda: benzin, benzol, xloroform va oltingugurt vodorot moddalarida yelim xossasiga ega bo‘lgan suyuq eritmaga aylangan holda eriydi. Bu kauchuk 80 – 100 oS haroratgacha qizdirilganda yuqori plastiklik holatga o‘tadi va 200 oS gacha qizdirilganda kimyoviy parchalana boshlaydi. Tabiy kauchuk – 70 oS sovuqda juda mo‘rt bo‘lib qoladi, odatda tabiiy kouchuk amorf jismlar safiga kiradi, ammo u uzoq muddat saqlansa asta sekin kristallana boshlaydi. Materialning tarkibida kristall faza u cho‘zilganda ham hosil bo‘lishi mumkin, bu esa uning mustahkamligini keskin oshiradi. Tabiiy kauchugdan rezina olish uchun u oltingugurt bilan birga vulkanlashtirish zarur. Tabiiy kauchuk o‘zining yuqori elastikligi, mustahkamligi, suv va gaz o‘tkazmasligi hamda yuqori elektr izolyasiyalovchi xossalari bilan boshqa turdagi kauchuklardan ajralib turadi. Uning solishtirma elektr qarshiligi ρ = 3·1014 - 23·1018 Om·sm ga teng. BSK (SKB) – butadiyen sun’iy kauchuk – u (S4N6)n – kimyoviy formulaga ega bo‘lib kimyogar va materialshunos S.V. Lebedev usulida ishlab chiqariladi. Bu material kristallanmaydigan kauchuk bo‘lib uning cho‘zilishdagi mustahkamligi juda kichik bo‘lgani uchun undan rezina ishlab chiqarishda material tarkibiga kuchaytiruvchilar kiritilishi shart. Uning sovuqqa bardoshligi kichik va -45 oSni tashkil etadi. SSK (SKS) – butadiyenstirolli sun’iy kauchuk – bu kauchuk butadiyen (S4N6) va stirolni (SN2 = SN – S6N5) birgalikda polimerlash natijasida olinadi. Bu kauchuk ishlab chiqarishda keng tarqalgan umumiy xossalarga ega bo‘lgan material. Kauchukning tarkibidagi stirol miqdoriga ko‘ra uning quyidagi: SKS-10, SKS-30, SKS-50 markalari ishlab chiqariladi. Bunda materialning fizik-mexanik xossalari uning tarkibidagi stirol miqdoriga qarab o‘zgaradi. Masalan stirolning foyizi ortgan sari materialning mustahkamligi orta boradi, ammo uning sovuqqa chidamliligi pasaya boradi. Ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan kauchukning markasi SKS-30 hisoblanadi chunki uning eskirishga qarshiligi va tez deformasiyaga ishlashligi boshqa markalarnikidan ancha yuqori hisoblanadi. Gaz singuvchanligi va diyelektrikligi bo‘yicha u tabiiy kauchukka tenglasha oladi. SKS-10 markali kauchukning sovuqqa bardoshligi yuqori -77 oS ni tashkil etadi. Agarda bu materialga ma’lum xossalarga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi qo‘shilsa uning mexanik xossalari sezilarli ravishda oshadi. ISK (SKI) – izopren sun’iy kauchugi – S5N8 izoperenning polimerlashuvidagi mahsuloti. Bu kauchuk maxsus katallizatorlar yaratilgandan keyin olishga muvofoq bo‘lindi. SKI - kauchugi o‘zining kimyoviy va fizika-mexanik xossalariga ko‘ra tabiiy kauchukka juda yaqin. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan markalaridan SKI-3 va SKI-3P bo‘lib ularning xossalari tabiiy kauchuk xossalari bilan deyarli bir xil. SKI-3D – elektrokabellar uchun qoplama, SKI-3V – markasi esa vakuum texnikasi uchun rezina sifatida ishlab chiqariladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan umumiy xossalarga ega bo‘lgan rezina materiallari suvda, havoda, kislota va ishqorlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lib ularning qo‘llanilishdagi harorati -35 dan 130 oS gacha. Bu rezinalardan asosan avtomobilь shinalari, turli maqsadlarda qo‘llaniladigan tasmalar (remen), konveyrlar lentalari, elektr simlarning qoplamalari va har-xil radio-telvideniya detallari tayyorlanadi. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling