Mexanika mashinasozlik fakulteti
Shishalarni termakimyoviy toblash
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tripleks»
- 4. Shisha tolali issiqlikdan va tovushdan izolyasiyalovchi materiallar.
Shishalarni termakimyoviy toblash – buning uchun shisha materiallari kimyoviy xossaga ega bo‘lgan muhitda qizdirib ishlov beriladi, buning natijasida kimyoviy muhit shisha yuza qatlamlariga singib uni ichki strukturasini va yuza xossalarini tubdan o‘zgartiradi. Buni natijasida shishaning mexanik xossalari bir nechta barobar, yuzasinig xossalari esa 25-40 barobar oshadi.
Masalan ikkita gohida undanda ortiq shishalar yuza qatlamlari tekislanib bir biriga polimer yupqa qatlam bilan katta bosimda yopishtirib, termokimyoviy ishlov berilishi natijasida o‘q o‘tmaydigan brona shisha hosil bo‘ladi ularga «Tripleks» deb nom berishgan. «Tripleks»ning umumiy ko‘rinishi rasm 14 ko‘rsatilgan. Rasm 14. Tripleks shishasi. 3. Texnik shishalarining qo‘llanilishi. Texnik shishalardan deyarli xalq-xo‘jaligining hamma joylarida foydalaniladi. Transport vositalarini yopish maqsadida asosan tripleks, termopan va toblangan shishalar ishlatiladi. Optik asboblarda: durbin, teleskop, mikroskop va boshqalarda asosan kichik sindirish ko‘rsatigichiga ega bo‘lgan shishalar qo‘llanilib ularda qo‘rgoshin oksidi ko‘p qo‘shilgan bo‘ladi. Ularning asosiy yutug‘i shundaki ular rentgen nurlarin o‘tkazmaydi. Bundan tashqari bu shishalarga ftor qo‘shilgan bo‘lib u materialning optik xossalarini yaxshilaydi. Metallurgiya korxonalarida marten yoki elektrduga pechlarininig boshqaruv qurilmalarini, prokatlash stanlari va ko‘tarish kranlarinng kabinalarini temir oksidi va vanadiyga ega bo‘lgan shishalardan yasashadi, chunki ular 70% infraqizil nurlarni yutish xossasiga ega bo‘ladilar. Kvars shishanining yuqori kimyoviy va termik turg‘unidan foydalanilgan holda ulardan har-xil kimyoviy idishlari va ba’zi metallarni eritish uchun tigel sifatida qo‘llaniladi. 4. Shisha tolali issiqlikdan va tovushdan izolyasiyalovchi materiallar. Bu materiallar po‘kak, tolali strukturaga ega bo‘lib tolarari tartibsiz joylashgan bo‘lib, po‘kaklari havo bilan to‘ldirilgan bo‘shliqlardan iborat. Bunday strukturaga ega bo‘lish ularning zichligini juda kichik bo‘lishligini ta’minlaydi. Masalan ularning hajmiy massasi 20 dan 30 kg/m3 gacha bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham keskin pasayadi K = 0,030 -=-0,0488 Vt/(m-K). Shisha tolali materiallarning yana bir turiga shisha paxtali material kiradi, ammo u juda mo‘rt bo‘lgani uchun deyarli qo‘llanilmaydi. Bundan tashqari ularga shishamatoli, - AMIS, AMIMS, ATM-3 marka bilan belgilaniladigan ikkita shisha va mato oralig‘ida shisha tola joylashgan materiallar kiradi. Ular asosan -60 dan 600 oS gacha haroratlarda eksplatasiya qilinishi mumkin. Ayrim hollarda shisha matolar termoreaktiv smolalar bilan shimdirilgan bo‘ladi. Bu materialning yana zichligini kamaytirishga imkon beradi. (ATIMSS) ular 150 °S haroratlargacha ishlatilishi mumkin. Qisqa shisha tolalari va sintetik smolalardan tashkil topgan materiallarga plitalar deyishadi. Ularning tovush so‘ndirish koeffisiyenti 200—800 Gs chastotaga ega bo‘lganlari 0,5; 8000 Gs esa — 0,65 tashkil etadi. Shisha paxta, mato, plitkalar asosan samolyot, mashina, traktor kabinalariga har-xil maishiy xizmat ko‘rsatish qurilmalarida, kemalarda, vagonlarda, elektrovozlarda tovush so‘ndirish maqsadlarida qo‘llaniladilar. Undan tashqari ular juda issiq o‘tkazmaydigan material bo‘lib ulardan issiq suvni xalq-xo‘jaligiga yetkazib berish uchun quvirlarni himoya qilishda ya’ni issiqlikni isrof qilmaslik maqsadida keng qo‘llaniladi. Hozirgi paytda shisha paxtadan uy tomlarini yopishda ham qo‘l kelmoqda chunki unda uy harorati ayniqsa qishda yaxshi saqlanadi. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling