Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Download 240.13 Kb.
bet8/16
Sana19.12.2022
Hajmi240.13 Kb.
#1032696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Mexanika Javoblar

8.Payvand birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari.
Payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar safiga kiradi. Sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan konstruksiyalar, suyuqlik saqlanadigan idishlar, fermalar, metall minoralar, korpuslar va ayrim detallar shu usulda olinadi. Payvand birikmalarning keng ko’lamda turli mexanizm, lbirikmalarning afzalliklarining mavjudligidir.
Payvand birikmaparning afzalliklariga quyidagilar kiradi: metallning tejalishi, amalda turli rasm va o’lchamdagi detallarni olish imkoniyati, statikaviy va zarbiy yuklanishlarda payvand birikmaning mustahkamligi asosiy detalning mustahkamligiga deyarli yaqinligi, payvandlash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatining yuqoriligi, payvand chokning jipszichligi va gaz hamda suyuqlikni o’tkazmasliga.
Payvand birikmalarning bir qancha kamchiliklari ham bor: chunonchi, payvand chok sifatini anikdashning bir muncha qiyishgagi, payvandlanayotgan detalning haroratdan deformasiyalanishi, kuchlanishlar jamlanishining mavjudligi, asosiysi, ba’zi materiallarni payvand usulida biriktirishning mumkin emasligi.
Payvand birikmalar mustahkamligani oshirish bo’yicha tavsiyalar
Payvand birikmalarning ishonchliligiga juda katta e’tibor qaratish lozim. Chokning sifati, uning mustahkamliga amaliyotda turli usullarni oqilona qo’llash orqasida talab darajasiga etkaziladi.
Payvand birikmalarning mustahkamligi konstruktiv (chokka ta’sir etayotgan kuchlarga nisbatan chokni qulay joylashtirish, choklarning o’ziga xos rasmini va boshqalar) va texnologik (payvandlash jarayonida hosil bo’layotgan chokni turli zararli ta’sirlardan muhofaza qilish, termik ishlov berish, puxtalash va boshqalar) usullarni qo’llash vositasida oshirilishi mumkin.
Payvand birikmalarni konstruksiyalashning asosiy qoidalarini quyida bayon qilamiz:

  1. Payvand chokka elektrodning qulay yaqinlashuvini ta’minlash.

  2. Oddiyroq va unumdorroq payvandlash usullarini qo’llash.

  3. Payvand choklar to’qnashib ketmasligi uchun eriyotgan metall miqdorining kamligiga erishish (shaxmat usulida payvandlash).

  4. Yupqa va yengil detallarni qalin va og’ir detallarga payvandlamaslik.

  5. Biriktirilayotgan detallarni qo’shimcha payvandlash moslamalarini ishlatmaslik maqsadida o’zaro muvozanatlash.




Download 240.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling