Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Download 240.13 Kb.
bet5/16
Sana19.12.2022
Hajmi240.13 Kb.
#1032696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mexanika Javoblar

Yeyilishga chidamlilik. Yeyilish detal o‘lchamlarining ishqalanish
ta’sirida asta-sekin o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda podshipniklar, tishli uzatmalar, porshenli mashinalardagi silindrlarning tirqishi ortadi. Tirqishning ortishi mashinalarning sifat ko‘rsatkichlarini – quvvati, foydali ish koeffitsiyenti, ishonchliligi, aniqligi va boshqalarni pasaytiradi. Yeyilishni hisoblashda aniq bir usulni tavsiya qilish qiyin. Ba’zan
muhandislik amaliyotida solishtirma bosim va shartli koeffitsiyentlarning ruxsat etilgan  ;  qiymati bilan solishtirish usuli qo‘llanadi.
Titrashdagi ustuvorlik. Mashina mexanizmlaridagi vibratsiyalar qo‘shimcha o‘zgaruvchan kuchlanishlarni uyg‘otadi va, odatda, detallarning toliqishdan buzilishiga olib keladi. Ba’zi hollarda vibratsiya mashina sifatini pasaytiradi. Masalan, metall kesuvchi stanoklardagi vibratsiya ishlov berilayotgan detallarning sirt sifatini pasaytiradi. Ayniqsa, rezonans uyg‘otuvchi tebranishlar xavfli bo‘ladi. Vibratsiyalarning zararli ta’siri mexanizmlarning shovqini oshishida ham namoyon bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarning harakat tezligi oshishi bilan vibratsiya xavfi ham oshadi, shu sababli tebranish (titrash)ni hisoblash katta ahamiyatga ega bo‘ladi.


5.Mashina detallarida ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash.
Mashina detallarini loyihalash jarayonida material tanlash, ularning
ruxsat etilgan kuchlanishlarini asosli hisoblash detalni loyihalashdagi
dastlabki bosqich hisoblanadi. Detallarni ishlash jarayonida ularning
kesim yuzalarida yuklanishlar ta’siridan kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Detallarda hosil bo‘ladigan kuchlanishni hisoblash asoslari «Materiallar
qarshiligi» kursida ko‘rilgan. Muhandislik amaliyotida materialning
mexanik xossalariga qarab ruxsat etilgan kuchlanishni va detallarda
hosil bo‘ladigan kuchlanishni to‘g‘ri aniqlash, ixcham, ishlash qobiliyati
yetarli bo‘lgan arzon detallarni hisoblashning asosini tashkil etadi.
Mashina detallari uchun material tanlash loyihalashdagi muhim bosqich hisoblanadi. To‘g‘ri tanlangan material detal va umuman, mashinaning sifatini aniqlashda salmoqli hissaga ega.
Detallarning materiallarini, odatda, ishlash qobiliyatining asosiy mezoni bo‘yicha aniqlanadi. Bunda yuklanishning asosiy turi, detalning
tayyorlanuvchanligi va xarajat kamligi e’tiborga olinadi.
Material tanlashda asosan quyidagi omillarni e’tiborga olish kerak:

Download 240.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling