Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi lozim: arzon; oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos keladigan va iloji boricha yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina uchun detal tayyorlanganda materialning turli xossalari e’tiborga olinadi. Materialning mexanik xossalariga mustahkamlik, rasm o’zgarishiga moyillik, elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy cho’ziluvchanlik va zarbiy qovushqoqlik kabilar kiradi.
Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtalanuv, kesib ishlanuv va quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning iqtisodiy xossasi esa asosan uning tannarxidir.
3.Detallarning ishga layoqatligi va uni ta’minlash.
Mashina detallarining konstruksiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar. Loyihalanadigan detallar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ishlash layoqatiga ega;
to‘g‘ri ishlash;
mashinadan foydalanishda odam uchun xavfsiz;
tayyorlanishi texnologik jihatdan oson va tejamli.
Detallar konstruksiyasining takomillashganligi uning ishonchli va
samaradorligi bilan baholanadi.
Ishonchlilik deb mahsulot (detal)ning ma’lum bir muddatda o‘zining
ishlash qobiliyatini saqlab qolishiga aytiladi.
Iqtisodiylik mahsulotning tannarxi va uni ishlab chiqishga hamda
undan foydalanishga ketgan xarajat bilan bog‘liq bo‘ladi.
Detalning ishlash layoqatini belgilaydigan asosiy belgilariga – mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, zanglashga bardoshlik, issiqbardoshlik, titrashdagi ustuvorlik kiradi.
Detalning asosiy ishlash layoqati uning ishlash sharoitiga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan, birikmalar uchun asosiy ishlash layoqati mustahkamlik bo‘lsa, vallar uchun bikrlik, mustahkamlik va titrashdagi ustuvorlik
bo‘ladi. Detallarni loyihalashda ularning ishlash layoqatini, asosan,
tegishli konstruksiyasini yaratib hamda o‘lchamlarini asosiy ishlash
layoqati bo‘yicha hisoblab ta’minlanadi.
Mustahkamlik. Ish sharoitida detalning deformatsiyasi me’yorida
bo‘lgani holda buzilmay va benuqson ishlay olish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Mustahkamlik ko‘pgina detallarning asosiy ishlash
qobiliyatining belgisi hisoblanadi. Mustahkam bo‘lmagan detallar ishlay
olmaydi.Umumiy holda mustahkamlik sharti
bu yerda, detalda hosil bo‘ladigan kuchlanish; [] kuchlanishning
ruxsat etilgan qiymati. Detallarning mustahkamligi bo‘yicha buzilishi ikki turga bo‘linadi: statik mustahkamlikni yo‘qotish va toliqishdan ishdan chiqish.
Bikrlik detallarning yuklanish ostida o‘lchamlari va shakli o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Detallar bikrlikka hisoblanganda ularning
egilishi (deformatsiyasi) me’yoriy qiymatdan ortmasligiga harakat qilinadi, ya’ni
bu yerda, detalning deformatsiyasi egilishdagi salqiligi, [] salqilikning ruxsat etilgan qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |