Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar
Payvand birikmalarni hisoblash
Download 240.13 Kb.
|
Mexanika Javoblar
17.Payvand birikmalarni hisoblash.
Payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar safiga kiradi. Sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan konstruksiyalar, suyuqlik saqlanadigan idishlar, fermalar, metall minoralar, korpuslar va ayrim detallar shu usulda olinadi. Payvand birikmalarning keng ko’lamda turli mexanizm, mashina va metall konstruksiyalarda ishlatilishiga sabab, bunday birikmalarning afzalliklarining mavjudligidir. Payvand birikmaparning afzalliklariga quyidagilar kiradi: metallning tejalishi, amalda turli rasm va o’lchamdagi detallarni olish imkoniyati, statikaviy va zarbiy yuklanishlarda payvand birikmaning mustahkamligi asosiy detalning mustahkamligiga deyarli yaqinligi, payvandlash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatining yuqoriligi, payvand chokning jipszichligi va gaz hamda suyuqlikni o’tkazmasliga. Payvand birikmalarning bir qancha kamchiliklari ham bor: chunonchi, payvand chok sifatini anikdashning bir muncha qiyishgagi, payvandlanayotgan detalning haroratdan deformasiyalanishi, kuchlanishlar jamlanishining mavjudligi, asosiysi, ba’zi materiallarni payvand usulida biriktirishning mumkin emasligi Agar detallar bir tekislikda joylashgan bo’lsa, ularning uchlari bir-biriga uchma-uch payvandlanadi. Bunday payvand birikma uchma-uch birikma, hosil bo’lgan payvand chok esa uchma-uch chok deb ataladi. Shu usulda hosil qilingan payvand birikma pishiq-puxta, oddiy va tebranishli yuklamalar ta’siri ostida bo’lgan tuzilmalarda ko’proq qo’llanishi tavsiya etiladi. Biriktiriladigan detallarning qalinligi bo’yicha uchma-uch chokli payvand birikmalarning rasmi 6.1-rasmda tasvyrlangan. Payvand chokning sifati asosiy detal bilan hosil qilingan chokning bir jinsli chiqishiga, chok zichligining uning barcha nuqtalarida deyarli bir xil bo’lishiga, to’gri tanlangan texnologik jarayonning mukammal bajarilishiga bog’likdir. Payvand choklarni mustahkamlikka hisoblashda hosil qilingan payvand chokning ko’ndalang kesim yuzasiga ta’sir qiladigan kuchlanish qiymati uning hamma nuqtalariga bir xilda ta’sir ko’rsatadi deb olinadi. Odatda, uchma-uch birikmaga cho’zuvchi yoki siquvchi kuchlanish ta’sir etadi. Mustahkamlikka hisoblash sharti esa quyidagi tusdadir: Download 240.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling