18. SHponkali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash.
Shponkali birikmalarni hisoblash
Shponkali birikmalarning asosiy ishchanlik qobiliyati ularning mustahkamligidir. Valning diametriga va yuqorida keltirilgan talablarga ko’ra shponka standartlardan tanlanadi va birikma mustahkamlikka tekshiriladi. Standartlarda shponkaning va o’yiqchalarning o’lchamlari shunday tarzda tanlanganki, agar ularning egilishga bo’lgan mustahkamligi ta’minlansa, o’z-o’zidan kesilishga va ezilishga bo’lgan mustahkamligi ham ta’minlanadi. Shuning uchun ham shponkali birikmalar asosai ezilishga hisoblanadi. Кo’p hollarda shponkani kesilishga hisoblanmaydi.
Prizmasimon shponkali birikmalarni ezilishga tahkamlik sharti quyidagichadir:
(4.1)
bu erda: Ғt=2T/d - shponka uzatadigan aylana kuch;
Aez (0,94Ь-t1) ℓ xis - ezilish yuzasi, bundan
(4.2)
bu yerda: T - uzatilayotgan moment; d - valning diametri; (0,94h-t1) - gupchak o’yiqchaning ishchi chuqurligi; ℓxis- shponkaning ishchi uzunligi (chekkasi yassi shponkada 1xis=1, chekkasi dumaloqlangan shponkada esa 1xis=1-b; [σ]ez - ruhsat etilgan ezuvchi kuchlanish (quyida ular to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi). Hisobiy kuchlanish σez ning qiymati ruhsat etilganidan [σ]ez 5% dan ortiq bo’lsa, shponkaning uzunligi oshiriladi, gupchakning uzunligini oshirish imkoni bo’lmasa, u holda valda diametrial ravishda ikkinchi shponkani o’rnatish mumkin. Zarur hollarda shponkali birikma vdlisa yoki tigaz birikma bilan almashtirilishi mumkin.
Loyiha hisobida esa shponka kesim yuzasining bxh o’lchamlari 4.1-jadvaldan aniqlangandan so’ng shponkaning hisobiy 1xisuzunligi aniqlanadi.
(4.3)
So’ngra 4.1-jadvalda keltirilgan qatorga moslanadi. Agarda gupchakning uzunligi 1,5 d qiymatdan katta bo’lsa, shponkali birikma shdisli yoki tig’iz birikmaga almashtiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |