Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar
Tishli g’ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan materiallar
Download 240.13 Kb.
|
Mexanika Javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tishlar sirtining shikastlanishi
13.Tishli g’ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan materiallar.
Ekspluatasiya amaliyotida va maxsus tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlandiki, tishlarning kontakt mustahkamligi bo’yicha ruxsat etilgan yuklama asosan material qattiqligi orqali aniqlanadi. Yuqori qattiqlik, uzatmaning kichik o’lchami va massasini tishli g’ildiraklarini termik ishlov berilgan po’latlardan tayyorlash orqali olish mumkin. Po’lat hozirgi vaqtda tishli g’ildiraklarni tayyorlash uchun asosiy materil hisoblanadi. Qattiqligiga bog’liq ravishda po’lat tishli g’ildiraklar ikki asosiy guruhga bo’linadi: 350 HB – tishli g’ildiraklar, termik ishlovi normallashtirilgan yoki yaxshilangan; >350 HB – hajmiy toblash, toblash, sementasiyalash, azotlash. Bu guruhlar texnologiyasi, yuklanish qobiliyati bo’yicha turlicha bo’ladi. 14.Tishlarning sinishi va yeyilishi. Sababi va turlari. Tishlarning sinishi . Tishlarning sinishi eguvchi kuchlanish bilan bog’langan. Tishlar sinishining ikki turi mavjud: zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmani o’ta yuklanishini mumkinligini hisobga olish kerak bo’ladi); toliqishdan sinish o’zoq muddatli ishlash davomidagi o’zgaruvchan kuchlanishlar natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentrasiyasini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega). Tishlar sinishining oldini olishning umumiy choralari – modulni oshirish, tishlarni qirqishda musbat siljitish, termik ishlov, puxtalash, qirralar bo’yicha yuklanish konsentrasiyasini kamaytirish. Tishlar sirtining shikastlanishi . Tishlar sirtini shikastlanishining barcha turi kontakt kuchlanish va ishqalanish bilan bog’langan. Shlisali birikmalarning yemirilishining asosiy turlariga yyeyilish va ishchi sirtlarining plastik deformasiyasi (ezilish) kiradi. Bulardan tashqari, tishlarning sinishi va kesilishi, vallarning toliqishdan emirilishi va ichki tishli vtulkalarning darzli sinishi ham uchrab turadi. Yeyilish kontaktda bo’lgan sirtlarning ish jarayonidagi ishqalanish kuchi bajargan ishning natijasidan hosil bo’ladi. Sirpanish val va vtulkaning o’kdoshmasligidan, shlisa profili elementlarini tayyorlashdagi xatoliklardan, hamda val va vtulkaning radial yuklanish ta’siridagi siljishidan yuz berishi mumkin Birikmalarning yeyilishga chidamliligi birikmadagi tirqishning kamayishi bilan oshib boradi. Ishchi sirtlarning ezilishi katta yuklanishlar ta’siridan bo’ladi. Ezilish tishlarning uchida aylantiruvchi moment keltiriladigan qismda boshlanadi, ko’pincha «yumshoq» detallarda uchraydi. Tishlarning sinishi va kesilishi juda kam uchraydi. Ichki tishli vtulkalariing darzdan yorilib sinishi evolventaviy va uchburchak shlisali birikmalardagi siquvchi kuch ta’siridan bo’ladi. Download 240.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling