Yeyilishga chidamlilik. Yeyilish detal o‘lchamlarining ishqalanish
ta’sirida asta-sekin o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda podshipniklar, tishli uzatmalar, porshenli mashinalardagi silindrlarning tirqishi
ortadi. Tirqishning ortishi mashinalarning sifat ko‘rsatkichlarini – quvvati, foydali ish koeffitsiyenti, ishonchliligi, aniqligi va boshqalarni pasaytiradi.
Yeyilishni hisoblashda aniq bir usulni tavsiya qilish qiyin.
4.Mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik va titrashga chidamlilik tushunchalari.
Mustahkamlik. Ish sharoitida detalning deformatsiyasi me’yorida
bo‘lgani holda buzilmay va benuqson ishlay olish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Mustahkamlik ko‘pgina detallarning asosiy ishlash
qobiliyatining belgisi hisoblanadi. Mustahkam bo‘lmagan detallar ishlay
olmaydi. Umumiy holda mustahkamlik sharti
bu yerda, detalda hosil bo‘ladigan kuchlanish; [] kuchlanishning
ruxsat etilgan qiymati. Detallarning mustahkamligi bo‘yicha buzilishi ikki turga bo‘linadi:
statik mustahkamlikni yo‘qotish va toliqishdan ishdan chiqish.
Bikrlik detallarning yuklanish ostida o‘lchamlari va shakli o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Detallar bikrlikka hisoblanganda ularning
egilishi (deformatsiyasi) me’yoriy qiymatdan ortmasligiga harakat qilinadi, ya’ni
bu yerda, detalning deformatsiyasi egilishdagi salqiligi, [] salqilikning ruxsat etilgan qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |