Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
SAVOL. (1.28) formula moslik tamoyilini qoniqtiradimi? JAVOB
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
SAVOL. (1.28) formula moslik tamoyilini qoniqtiradimi?
JAVOB. da (1.28) formula (1.17) qonunga aylanadi. Demak (1.28) formula moslik tamoyilini qoniqtiradi. Ko‘rinadiki, (1.28) ifoda ham xuddi (1.17) qonunga o‘xshab har qanday tezlikka erishishga to‘sqinlik qilmaydi. Agar, О' sanoq tizimida (1.11-rasm) zarracha o‘q bo‘ylab c dan salgina kichik va c dan salgina kichik tezliklar bilan harakatlansa, bunday holda ularning yig’indisi . c dan kata bo‘ladi. Ammo, (1.28) ifodadan quyidagi tengsizlik kelib chiqadi , (1.29) bundan ko‘rinadiki, shartga ko‘ra suratdagi ikkala qavs ham musbat son. Demak, zarrachaning tezligi O sanoq tizimidagi har qanday va tezliklarda yorug’likning c tezligidan kichik. Yorug’likning vakuumdagi tezligi — tabiatda mumkin bo‘lgan eng katta tezlik. Nyuton davridan beri fanda uzoqdantasir haqidagi tushunchasi qaror topgan bo‘lib, unga ko‘ra, kuchlar, masalan, tortishish yoki kulon o‘zarotasiri har qanday masofaga bir zumda tarqaladi. Maxsus nisbiylik nazariyasi(MNN)da olingan natija buni rad etadi, yaqindantasir nazariyasiga ko‘ra: hech qanday jarayon, hech qanday signal yorug’likning tezligidan katta tezlik bilan tarqalishi mumkin emas! Nemis astronomi G. Olbers(1758 — 1840yy.) tungi qop-qora osmonni ko‘rib hayratlangan(Olbers paradoksi): koinot cheksiz bo‘lgani uchun, har qanday kishi uchun u yulduzlarni nigohi yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rishi kerak, yani osmon yorqin nur sochib turishi kerak! Biroq, yorug’lik tezligi cheklanganligi sababli, uzoq masofalardagi yulduzlardan tarqalgan yorug’lik bizga etib kelishga ulgurmaydi. Shunday qilib, agar biz Lorens almashtirishlaridan foydalansak, unda nafaqat mexanika qonunlari, shuningdek, elektrodinamika qonunlari (yorug’likning harakati) saqlanib qoladi. Ularning bir sanoq tizimidan boshqasiga o‘tishda ko‘rinishi o‘zgartirmaydi va “haqiqiy” harakatni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Bu Eynshteynga nisbiylik printsipini materiyaning barcha harakat shakllariga qo‘llash imkonini berdi. MNNning birinchi postulati: inertsial tizimlarida barcha tabiiy hodisalar, bir xil boshlang’ich shartlarda bir xilda o‘tadi. MNN xulosalari olimlar va faylasuflarni chalkashlikka olib keldi. Ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida fan, texnika va dunyoqarashda Nyuton mexanikasi tantana qildi. Qizg’in munozaralardan so‘ng aniq bo‘ldiki, “fazo”, “vaqt”, “tezlik” tushunchalari nisbiyligida dunyoqarashlarga zarar yetkazadigan hech nima yo‘q. Aslida allaqachon Galileyning nisbiylik printsipi harakatga nisbatan odamlarning hukmlari noto‘g’ri bo‘lishi mumkinligiga guvohlik berdi: ular kuzatish shartlari asosida ko‘rib chiqilishi kerak va MNN faqat mazkur xulosani rivojlantirdi. U yuqori tezlikdagi, kosmos uchun xarakterli bo‘lgan, tezlatgichlardagi jarayonlar uchun yangi muhim bilish vositasini beradi. XULOSA Mexanik harakat shunday ma‘noda nisbiyki, zarrachalarning koordinatalari va tezligi mos sanoq tizimini tanlash bilan aniqlanadi, ammo hech qanday inertsial sanoq tizimida harakatlanish faktini aniqlab bo‘lmaydi - mexanikaning barcha hodisalari va tabiatning boshqa barcha hodisalari sanoq tizimini tanlashga nisbatan invariantdir. Kinematika qonunlari texnikada, shu jumladan qurol-yarog’ va harbiy texnikada keng qo‘llaniladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling