Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Mustaqil yechish uchun masalalar


Download 1.33 Mb.
bet21/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Mustaqil yechish uchun masalalar
1.Suzuvchi tank daryo bo‘ylab suvning oqim tezligiga nisbatan ikki baravar katta tezlikda suzadi. Uning qirg’oqqa nisbatan harakati minimal bo‘lishi uchun u o‘z yo‘nalishini qanday burchak ostida ushlab turishi kerak?
2.Sun’iy yo‘ldosh doimo Yer sirtining bir nuqtasi ustida harakatlanishi uchun uni qanday uchirish kerak (bunday orbitaga geostatsionar orbita deyiladi)?
3.Signal raketasining zapali t vaqt davomida yonib turadi. Raketa traektoriyaning eng yuqori nuqtasida chaqnashini ta’minlash uchun, uning harakatlanishining boshlang’ich tezligi va otilish burchagi qanday bog’langan?
4. GLONASS sun’iy yo‘ldoshining aylanma orbitasining balandligi 19100 km. U qanday tezlikda harakat qilmoqda?
5. Egrilik radiusi 200 m bo‘lgan aylanma yo‘l qismida avtomobil harakatining tenglamasi ga to‘g’ri keladi, bu erda A = 5 m/s, B = 0,8 m/s2. Qancha vaqtdan keyin avtomobilning to‘liq tezlashishi ga teng bo‘ladi?


II BOB.DINAMIKA


2.1 Moddiy nuqta dinamikasi
Zarrachalarning harakatlanishini o‘rganishda, ularning qanday harakatlanishini aniqlash ko‘pincha yetarli emas, odatda nima sababdan harakatlanishini bilish talab etiladi. Bu savolga mexanikaning yana bir bo‘limi dinamika javob beradi. Dinamikada jismlarning kuch tasiri ostidagi harakatining qonuniyatlari o‘rganiladi. Dinamika taniqli ingliz fizigi I.Nyuton(1643-1727yy.) qonunlariga asoslanadi. U tabiatshunoslik asosi bo‘lgan bu qonunlarni yaratishda o‘zidan oldin ijod qilgan olimlar G. Galiley, N. Kopernik va I. Kepler tomonidan yaratilgan bilimlarga asoslanadi.
Agar jismga hech qanday tasir bo‘lmasa yoki ular bir-birini kompensasiya qilsalar, demak ular erkin harakat qiladi. Boshqa erkin harakatlanadigan jism bilan bog’langan sanoq tizimida uning harakati to‘g’ri chiziqli va tekis bo‘ladi, yani doimiy tezlikda sodir bo‘ladi. Bunga inertsiya bo‘yicha harakat deyiladi. Inertsiya qonunini G. Galiley va (mustaqil ravishda) fransuz faylasufi, fizik va matematik R. Dekart (1596-1650 yy.) yaratishgan, ammo u ko‘proq Nyutonning birinchi qonuni sifatida tanilgan: jismlarga boshqa jismlar tasir etmaguncha u doimiy tezligini saqlaydi, yoki tinch turadi. Bu qonun faqat inertsial sanoq tizimida(IST)bajariladi, bu qonun bajarilmaydigan sanoq tizimlariga noinertsial sanoq tizimlari(NIST) deyiladi.
Ko‘pgina nazariy va amaliy masalalarda inertsial sanoq tizim(IST)lari Yer sirti bilan bog’langan va laboratoriya sanoq tizimi deyiladi. Madomiki Yer o‘z o‘qi atrofida aylanar ekan, to‘g’risini aytganda, bu noto‘g’ri albatta.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling