Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixga nazar
2.2-rasm
bog’lanish, shu jumladan elastiklik chegarasidan chiqishga, uzilish diagrammasi deyiladi. U faqatgina elastik deformatsiyani emas, balki turli materiallarning plastik deformatsiyasini ham, hatto kuchlanishgacha xarakterlaydi, bunday sharoitda material oqadi va undan keyin uziladi, bu texnologik jarayonlarda amalga oshiriladigan ayrim ishlar va qurollarning yakson etish tasiri uchun muhimdir. Tarixga nazar.Qurollar tarixi insoniyat tarixi bilan birgalikda ribojlanib brogan. Odamning muskul kuchi imkoniyatlari, yakkakurash usullarini qo‘llagan holda yovvoyi hayvonni yoki odamni yiqitishi hatto o‘ldirishi mumkin. Biroq, odam oraliq masofa bir necha metrdan ortgach uni nazorat qilaolmaydi, charchaydi shuning uchun jismoniy kuchayishini texnik vositalar bilan almashtirib, dushmandan ustun kelish, undan uzoqlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda qadimgi odamning miyasiga tosh, tayoq va o‘q uchini o‘tkir qilish fikri kelgan: ko‘ndalang kesim yuzi qancha kichik bo‘lsa, shuncha katta bo‘ladi(bir xil kuchda) va materialning uzilish ehtimolligi shuncha yuqori bo‘ladi. Shu sababdan sanchiladigan, kesadigan, yaralaydigan qurollar hozirgi kunda ham qo‘llaniladi. Materiallarga mexanik va issiqlik bilan ishlov berish, shuningdek, kuchning tasir vaqti davomiyligi, ularning xususiyatlarini o‘zgartiradi. Agar, masalan, elastik po‘latni qizdirsak, u egiluvchan bo‘ladi, va aksincha - suyuq azot bilan sovutilgan egiluvchan qo‘rg’oshin mo‘rt bo‘ladi. Agar elastik material tanasi uzoq vaqt davomida deformatsiyalangan holatda saqlansa, undan yukni olib tashlanganidan keyin u o‘z shaklini to‘liq tiklamaydi. Ushbu hodisa materialning moddiy charchoqligi deb ataladi. Agar elastik qarshilik bo‘lmasa, har qanday jism sirt bo‘ylab harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘mas edi. Hech qanday mashina ishlamasdi: uning qismlarining bir-birining sirtidagi har qanday harakati, ularning shakli va o‘lchamining o‘zgarishiga olib kelar edi. Texnikaning elastik elementlari bu-ressorlar, shinalar, avtomobillarning prujinalari, minalarning portlatgichlari, otish qurollari zatvorlari, tashiladigan narsalarning elastik osmalari va boshqalar. Shu bilan birga, bolg’alash, shtamplash va prokat plastik deformatsiyaga asoslanadi, tokarlik ishlov berishi, burg’ulash va frezalash mustahkamlik chegarasini yengib o‘tish (qurol stvolida u katta bo‘lishi kerak) va boshqalar. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling