Savol.Bajarilgan ish qayoqqa yo‘qolib qoldi?
Javob. U atomlar orasidagi bog‘lanishlarni uzishga va ularga energiya uzatishga sarflandi:ish issiqlikka aylandi.
_____________________________________________________________________
Ishqalanish kuchiga o‘xshash, kuchlar, yo‘naltirilgan harakat energiyasini sochadi va dissipativ kuchlar deyiladi(dissipation – sochilish).
3.3. Zarrachalar tizimi
Energiyaning har qanday o‘zgarishi – bu hech bo‘lmaganda ikkita zarracha(jism) o‘zarotasirining natijasidir. Ikki yoki undan ko‘p o‘zarotasirlashuvchi zarrachalar majmuiga zarrachalar tizimi deyiladi. Agar tizim zarrachalariga tashqi tasir bo‘lmasa, ularning tasiri bir-birini kompensatsiyalaydi, bunday tizimlarga yopiq yoki izolyatsiyalangan tizim deyiladi. Tizimdagi zarrachalar orasidagi tasir kuchlariga ichki kuchlar deyiladi. Quyosh tizimini taxminan yopiq tizim deb hisoblash mumkin, chunki unda tashqi kuchlar ichki kuchlarga qaraganda ancha kam. Granata portlashi vaqtida uning parchalari ham yopiq tizimni tashkil qiladi, chunki ichki kuchlar tortishish kuchi va havoning qarshilik kuchidan ko‘p.
Tizimning massasi, impulsi, kinetik va potensial energiyasi zarrachalarning mos xarakteristikalarini qo‘shish orqali aniqlanadi:
(3.14)
Tizimning , kinetik va potensial energiyalari yig‘indisiga tizimning to‘liq mexanik energiyasi deyiladi:
(3.15)
Eng sodda holda tizim ikkita zarrachadan tashkil topadi, ularning holati bitta koordinata bilan aniqlanadi(3.8-rasm). Bunday tizimning impulsi quyidagiga teng
(3.16)
Bu tenglikning ikkala tomonini ham tizim massasiga bo‘lib, quyidagini olamiz
(3.17)
kattalik tezlik o‘lchamligiga ega. Undan quyidagi tenglik kelib chiqadi , bu ifoda tezlikning fizik manosini namoyon qiladi. Agar tizimning barcha massasi qandaydir tezligi bo‘lgan C nuqtada to‘plangan deb tasavvur qilinsa, u holda bu nuqtaning impulsi tizim impulsiga teng bo‘ladi. Tasavvurdagi bu nuqtaga tizimning inertsiya markazi deyiladi. Inertsiya markazida qandaydir massa joylashishi shart emas. Masalan, gardish. Tizimning inertsiya markazi qanday harakatlansa, tizimning o‘zi ham butunligicha xuddi shunday harakatlanadi.
________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |