Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet35/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Amaliyotdan misollar_____________________________________________
Raketa Yerning tortish tasiridan ozod bo‘lishi uchun unga beriladigan boshlang‘ich kinetik energiya, uning Yer sirtidan cheksizlikka uzoqlashishigacha bo‘lgan potensial ehergiyasi o‘zgarihidan kichik bo‘lmasligi kerak.
, (3.27)
Tezlikning bu qiymati ikkinchi kosmik tezlik deb ataladi. Planetalararo kosmik uchishlarni loyihalashda unga asoslaniladi.
Turli snaryadlarni otishda uning boshlang‘ich kinetik energiyasi potensial energiyaga aylantiriladi, so‘ngra potensial energiya qayta kinetik energiyaga aylantiriladi. O‘qotar qurol zatvori prujinaning elastik deformatsiya energiyasini zarbning kinetik energiyasiga aylantiradi: Bu formuladan ko‘rinadiki, olinadigan kinetik ehergiya elastiklik kuchiga va absolyut deformatsiyaga proporsional. Aynan shuning uchun qadimda kamondan arbaletga o‘tishgan. Elastiklik kuchi va kamonni tortish inson jismoniy imkoniyatlarining chegaralanganligini ko‘rsatadi, arbaletning elastik elementlarini tortish uchun esa, qo‘shimcha moslamalardan – richaklar, chig‘irlar va boshqa shunga o‘xshashlardan foydalaniladi.

(3.21) va (3.26) formularda ishqalanish kuchlari etiborga olinmaganini, ishqalanish kuchi konservativ bo‘lmagan kuch bo‘lganligi uchun, u mexanik energiyaning saqlanish qonunini buzishini, chunki uning bir qismi issiqlikka aylanishini takidlaymiz, biroq issiqlik va mexanik energiyalar yig‘indisi ham aynan shu doimiyni beradi. Sistemada qaysi energiya qatnashmasa ham, ularning yig‘indisi o‘zgarmay qoladi.


Energiya yo‘qolmaydi, yaratilmaydi, faqatgina bir shakldan boshqasiga o‘tishda materiya elementlari orasida qayta taqsimlanadi( Energiya yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi, bir turdan boshqasiga aylanadi).


3.5. Impulsning saqlanish qonuni
Zarrachar tizimining yuqoridagilardan kam bo‘lmagan muhim natijalarga olib keluvchi, boshqa xarakteristikalarining o‘zgarishlari ham bo‘lishi mumkin(3.8-rasmga qarang). (2.4) formulaga asosan

Bu tengliklarni hadma had qo‘shamiz, munosabatni va (3.19) formulani hisobga olsak, quyidagiga ega bo‘lamiz
(3.28)
bu yerda m-tizim massasi, -inertsiya markazining tezlanishi. Shunday qilib, tizim impulsining o‘zgarish tezligi, tashqi kuchlar yig‘indisiga teng.
Agar tashqi kuchlar bo‘lmasa, yoki bir birini kompensatsiya qilsa, bunday holda yani
(3.29)
bu yerda tizimdagi zarrachalar soni cheklanmagan. (3.29) formula impulsning saqlanish qonunini ifodalaydi:yopiq tizimda qanday jarayon kechishidan qatiy nazar yopiq tizim impulsi o‘zgarmaydi.
Energiyaning saqlanish qonuniga o‘xshash, u kosmosda ham, mikroolamda ham amal qiladi.
x o‘qining har qanday yo‘nalishiga (3.28) ning proyeksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi . Agar uning o‘ng tomoni nolga teng bo‘lsa, u holda
(3.30)
bu yerda -tizim impulsining x o‘qi bo‘yicha tashkil etuvchisi.
Agar qaysidir yo‘nalish bo‘yicha natijalovchi kuch nolga teng bo‘lsa, tizim impulsining shu yo‘nalishdagi tashkil etuvchisi o‘zgarmasdan qoladi.
Bunday ko‘rinishda impulsning saqlanish qonuni yopiq bo‘lmagan tizimda ham bajariladi.
____________________________________________________________________
Savol. “Yer-piyoda” yopiq tizimida . Agar bu tizim piyoda tezlikk bilan harakatlanib boshlasa, biz nima sababdan Yerning harakatlanayotganligini sezmaymiz?
Javob.Chunki bo‘lgani uchun, hisobga olmaslik darajada kichik. Bundan tashqari, milliardlab piyodalarning turli yo‘nalishlarda Yerga beradigan impulslari bir birini kompensatsiyalaydi.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling