Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet8/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Nazorat savollari
1.Fizik jism va modda nima?
2. Fizik hodisa deb nimaga aytiladi?
3. Fizika nimani o‘rganadi?
4. Fizik kuzatish va tajriba deb nimaga aytiladi?
5. Gipoteza deb nimaga aytiladi?
6. Nazariya deb nimaga aytiladi?
7. Fizika nimani o‘rganadi?
8. Fizik kattaliklar deb nimaga aytiladi?
9. Fizik qonunlar deb nimaga aytiladi?
10. Qanday fizik qonunlarga fundamental qonunlar deyiladi?
11. O‘lchash va o‘lchov birligi deb nimaga aytiladi?
12. Fizika qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
13.Ilmiy-texnika taraqqiyotida fizika fanining o‘rni qanday?
14.Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda fizika fanining o‘rni qanday?
15.Davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda fizika fanining o‘rni qanday?

1-BO‘LIM. MEXANIKA
I.BOB. KINEMATIKA


1.1 Moddiy nuqta kinematikasi
1.1.1 Mexanika, mexanikada modellashtirishlar
Mexanikafizikaning, jismlarning harakati va muvozanati qonunlarini o‘rganuvchi qismidir.
Fizikaning mexanika bo‘limi materiyalar harakatlarining oddiy shakllarini, mexanik harakatlarni o‘rganadi. Mexanikaning asosiy qonunlari asosan Galileo Galiley (1564 1642 yillar) tonidan aniqlangan va Isaaq Nyuton (1643 1727 yillar) tomonidan to‘liq asoslab berilgan. G. Galiley va I. N’yuton tomonidan to‘la asoslangan mexanika klassik mexanika deb nomlandi. Isaaq Nyutonning klassik mexanikasi tezliklari yorug‘likning vakuumdagi tezligi (c = 2,998·108 m/s) dan ancha kichik ϑ tezlikka ega bo‘lgan makroskopik jismlarning harakatini o‘rganadi. Tezliklarini yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi bilan taqqoslasa bo‘ladigan makroskopik jismlar harakatini relyativistik mexanika o‘rganadi. Relyativistik mexanika Al’bert Eynshteyn (1879-1955 yillar) tomonidan yaratilgan maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslanadi. Mikroskopik jismlar (masalan, atomlar va elektronlar) harakatini o‘rganishga klassik mexanika qonunlarini hardoim ham qo‘llab bo‘lmaydi. Bunday hollarda, relyativistik mexanikasi qonunlari qo‘llaniladi.
Klassik fizika va mexanikaning yaratilishi haqiqatdan ham I. N’yuton nomi bilan bog’liq, chunki fizikaning asosiy qonunlari I. N’yuton tomonidan qanday ta’riflangan bo‘lsa, hozirgi kunda ham amalda, xuddi shunday ko‘rinishda ifodalangan. Olamning yangi manzarasi va kosmik jismlar harakati I. N’yutonning bitta umumiy nom bilan 1679 va 1687 yillarda nashr etilgan “Natural falsafaning matematik asoslari” deb nomlangan uchta asarida ifodalangan.
Klassik mexanika uch qismga bo‘linadi: kinematika, dinamika va statika.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling