Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baqtni o‘lchash.
Uzunlikni o‘lchash. Fazodagi nuqta yoki jism holatini belgilovchi x, u, z koordinatalar uzunlikdan iborat bo‘lgani uchun, uzunlikni o‘lchash usulini tanlash kerak bo‘ladi. Odatda, uzunlikni o‘lchash uchun, qandaydir qattiq sterjenni namuna deb hisoblab, uni o‘lchov birligi deb qabul qilinadi. Nuqtaning fazodagi koordinatalaridan birini o‘lchash uchun, shu yo‘nalishga o‘lchov birligi bo‘lgan namuna necha marta joylashish soni aniqlanadi. Ana shu son tanlangan yo‘nalishdagi jismning uzunligini belgilaydi. Agarda bu son butun bo‘lmasa, namuna mayda bo‘laklarga (o‘ndan bir qismi, yuzdan bir qismi va h.k.) bo‘linadi. Bunday o‘lchash to‘g’ridan - to‘g’ri o‘lchash deb ataladi. Ammo bu usul kamchiliklardan xoli emas. Masalan, Yerning radiusini, Yerdan Oygacha va Quyoshgacha bo‘lgan masofalarni o‘lchashda namunadan foydalanib bo‘lmaydi. Bizning Galaktikamiz o‘lchamlari tartibi taxminan 1020 metrga yaqin. Ikkinchi tarafdan qattiq jismlar atomlari orasidagi masofalar 10-10 m , yoki ayrim yadro zarrachalari o‘lchami 10-15 m ga tengdir. Bu hollarda, to‘g’ridan-to‘g’ri o‘lchash usulini qo‘llab bo‘lmaydi, uzunlikni o‘lchash uchun boshqa o‘lchash tamoyillarini tanlashga majburmiz.
Baqtni o‘lchash. Vaqt ham fizik kattalik bo‘lgani uchun uning miqdoriy qiymatlari ayrim sonlardan iborat bo‘ladi. Ammo, uzunlikka o‘xshash vaqtning absolyut qiymati yo‘q. Vaqt deganda qandaydir vaqt oralig’ini tushunish kerak. Vaqtni amaliy o‘lchash usullaridan biri Yerning o‘z o‘qi atrofidagi aylanishidagi Quyosh sutkasidan iborat. Unga ketgan vaqtning 86400 dan bir ulushi sekunddir. Vaqtni o‘lchash usullarining eng anig’i deb Seziy atomining asosiy holatlariga tegishli ikki energetik sathlari orasini o‘tishda elektromagnit nurlanishning 9192631770 marta tebranishiga ketgan vaqt olinadi. Bu vaqt bir sekundga tengdir. Fizikada amalga oshirilgan kashfiyotlar faqatgina asosiy fizik jarayonlar to‘g’risidagi bilimlarimizni oshiribgina qolmay, ko‘pincha boshqa fundamental fanlarning rivojlanishida ham hal qiluvchi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kvant nazariyasining kashf etilishi ximiklarga ular tomonidan to‘plangan, moddalarning ximiyaviy tuzilishi va ximiyaviy reaksiyalar to‘g’risidagi turli axborotlarni har tomonlama tushunish imkoniyatini berdi. O‘rganiladigan materiallar harakatlari, shakllari va ob’ektlarning ko‘p qirraliligiga asosan fizika bir qancha qismlarga bo‘linadi: atom va molekulalar fizikasi; gaz va suyuqliklar fizikasi; qattiq jismlar fizikasi; plazma fizikasi; elementar zarrachalar fizikasi; yadro fizikasi. Materiyaning harakat turlariga qarab fizika asosan, quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi; termodinamika va statistika; elektrodinamika; optika; kvant mexanikasi; maydonning kvant nazariyasi; tebranish va to‘lqinlar; amaliy optika. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling